Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi 1-guruh ish haqi xarajat moddasini rejalashtirishda …. asos hisoblanadi?



Yüklə 105,64 Kb.
səhifə18/37
tarix18.12.2023
ölçüsü105,64 Kb.
#184150
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar-fayllar.org

10. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi 1-guruh ish haqi xarajat moddasini rejalashtirishda …. asos hisoblanadi?
a. Razryadlar.
b. O`tgan yilda xaqiqatda amalga oshirilgan ish haqi fondi.
c. Tabel.
d. Shtatlar jadvali.


8-MAVZU: BYUDJET TASHKILOTLARIDA BYUDJET VA BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LAR BO‘YICHA DAROMADLAR VA XARAJATLAR SMETALARI HAMDA SHTATLAR JADVALINI TUZISH, TASDIQLASH VA TAQDIM ETISH TARTIBI.


REJA:
1. Byudjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari.
2. Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasini tuzish tartibi va ularni ijrosi hisobi.
3. Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish va ular ijrosi hisobining hususiyatlari.
4. Byudjet tashkilotlari smetalar hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish.


1. Byudjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari.
Xarajatlar smetasi-tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo‘yicha ko‘zda tutilgan Byudjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda Byudjet va Byudjetdan tashqari mablag‘lar daromadlari va xarajatlari bo‘yicha smetalari tuziladi va tasdiqlanib ijrosi ta’minlanadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika Byudjetlarida hamda mahalliy Byudjetlarda turuvchi tashkilotlarni moliyalashtirish, ular uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat Byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi:

I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);


II. Ish haqiga qo‘shimchalar;
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar.
Yuqorida keltirilgan xarajat guruhlari asosida Byudjet tashkilotlari Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarini shakllantiradi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan moliya yili boshida xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tgunga qadar vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzadi.



Yüklə 105,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin