Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish.
Oddiy kooperatsiya – bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib va reja asosida ishlaydigan kishilar guruhidir.
Manufaktura – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo’lmagan sharoitdagi kooperatsiyadir.
Kooperatsiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali namoyon bo’ladi:
1) ko’plab ishchilarning birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi alohida tafovutlarning yo’qolishiga, ularning sifat jihatidan bir xildalashuviga olib keldi;
2) bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg’i, yoritish va boshqa shu kabi xarajatlarning kam sarflanishi mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi ishlab chiqarish vositalarining tejalishiga olib keldi;
3) birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat unumdorligini oshirdi.
Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi o’zgarishlarga qarab R.Aron, J.Gelbreyt, U.Rostou va boshqa olimlar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini uch bosqichga: industrlashishgacha bo’lgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan yoki axborotlashgan jamiyatlarga bo’lib o’rganishni tavsiya etadilar.

Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib hamda
ishchini tor operatsiyalarni bajarishga bog’lab, yirik mashinalashgan ishlab
chiqarishga o’tish uchun zarur shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab chiqarishni
tashkil etish, mehnatning mazmuni va tavsifida, ishlab chiqarishning butun
texnologik usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun ijtimoiy hayotda ham tub
o’zgarishlar ro’y beradi. XVIII asrning so’nggi 30 yili ichida boshlangan sanoat
revolyutsiyasi natijasida yirik mashinalashgan ishlab chiqarish vujudga keldi.