1. Ulgurji savdo; 2. Tovar birjalari; 3. Fyuchers birjalari; 4. Fond birjasi; 5. Savdo yarmakalari; 6. Valyuta bozori; Xalqaro savdo o'ziga xos xususiyatlarga ega. Xalqaro savdo resurslarning xalqaro harakatchanligi o‘rnini bosuvchi vosita sifatida ishlaydi.
1. Mamlakatlar o'rtasida resurslarning harakatchanligi (ko'chirish qobiliyati) mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past. Agar ishchilar bir mamlakat ichida bir aholi punktidan boshqasiga ko'chib o'tishni xohlasalar, buni qilishlari mumkin. Mamlakatlar o'rtasidagi mehnat migratsiyasi qat'iy immigratsiya qonunlari bilan cheklangan. Kapitalning milliy chegaralar orqali harakatlanishi ham tartibga solinadi.
2. Har bir davlat turli valyutadan foydalanadi.
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga duchor bo'ladi, bu ichki savdoga nisbatan darajasi va tabiati jihatidan keskin farq qiladi.
Tovar va xizmatlarning xalqaro almashuv shaklli
Import —milliy xo'jalik tashqarisidan tovar va xizmatlarni olib kirish. Eksport — tovar va xizmatlarni milliy xo'jalik tashqarisiga chiqarish.
Eksport imkoniyatlari — ichki iste’molga yo'naltirilmagan ishlab chiqarish imkoniyatlari.
Eksportga ishlab chiqarish — mahsulotni milliy xujalikdan tashqarida yuqori baxolarda sotish imkoniyati.
Import imkoniyati — import asosida ishlab chiqarish xarajatlarini pasayishi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini to'ldirish.
Riskni taqsimlash — milliy xo'jalik tashqarisida tadbirkorlik faolligi natijasida ishlab chiqarishni bog'liqlik riskini qisqarishi.
11
Jahon bozori va xalqaro savdoning predmenti va vazifalari.Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni xalqaro iqtisodiy munosabatlaming o‘zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar o‘z ichiga alohida mamlakatlami, ularning mintaqaviy birlashmalarini, shuning dek, alohida korxonalaming (transmilliy korporatsiyalami) jahon xo‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi boigan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi esa o‘z ichiga huquqiy me’yorlami va ulami amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, “kodekslar”, xartiyalar va h.) 5 xalqaro iqtisodiy munosabatlami rivojlantirish maqsadida amalgaoshirishga yo’naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar kiradi: