Ijtimoiy-iqtisodiyot


O'zbekistonni Xalqqaro savdoga ishtirok etish uchun afzalliklari , istiqbollari



Yüklə 55,6 Kb.
səhifə9/15
tarix26.09.2023
ölçüsü55,6 Kb.
#148879
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
To\'raboyev Islomjon Iqtisodiyot kurs ishi 2023

O'zbekistonni Xalqqaro savdoga ishtirok etish uchun afzalliklari , istiqbollari. Hozirda yurtimizda qilinayotgan islohatlardan shuni anglash mumkinki. Chet el bilan hamkorliklar bu davlatni rivojlanishi va fuqorolarning daromadlarini oshirishga qaratilgan. Shu jumlaqdan O’zbekistonnong Jahon savdo tashkilotiga azo bo’lishi chora tadbirlari ham jaddal ravishda oshib bormoqda. Hozir biz yurtimizning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) azo bo’lsa qanday imkoniyatlar
yaratilishini ko’rib chiqamiz. JST davlatlar o‘rtasidagi xalqaro savdoni tartibga soluvchi va osonlashtiradigan hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Hukumatlar tashkilotdan xalqaro savdoni tartibga soluvchi qoidalarni o‘rnatish, qayta ko‘rib chiqish va qo‘llash uchun foydalanadilar.
JST dunyodagi eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilot bo‘lib, unga 164 a’zo davlat vakillari kiradi, ushbu davlatlar global savdo va Butun dunyo yalpi ichki mahsulotining 98 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.

Hozirda ushbu tashkilotga 23 ta davlatlar qo‘shilish jarayonida Shu qatori O‘zbekiston ham JSTga a’zo bo‘lish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. JSTga a’zo bo‘lishning afzalliklari, majburiyatlari va jarayonlari


JSTga to‘la huquqli a’zo sifatida kirish xalqaro savdo tizimi va jahon iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvning kalitidir.
JSTga a’zo bo‘lish a’zo bo‘lgan davlat uchun JSTga a’zo davlatlar o‘rtasida kamsitilmaydigan va adolatli savdoni ta’minlash, tariflarni himoya qilishning maksimal darajasi va import kvotalari bekor qilinishi, mamlakatlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun tovarlarni arzon narxlarda import qilish kabi muhim afzalliklarga ega. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, xususiy sektorni zararli savdo faoliyatidan himoya qilishda ko‘maklashish, mamlakatning savdo bilan bog‘liq institutlarini mustahkamlash va huquqiy va institutsional siyosatni tartibga solishga ko‘maklashish, xalqaro savdo muzokaralarida faol ishtirok etish va xalqaro miqyosda normalar ishlab chiqish orqali uning
25
manfaatlarini himoya qilish ham tashkilotning muhim afzalliklaridan hisoblanadi.JSTga a’zo bo‘lish ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsa-da, u qo‘shilish jarayonidagi bir qator majburiyatlarni ham keltirib chiqaradi. Bu keng ko‘lamli qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi harakatlarni o‘z ichiga olgan uzoq va murakkab muzokaralar jarayoni bo‘lib, keng ko‘lamli inson resurslari va institutsional salohiyatni, shu jumladan sanoat tajribasini talab qiladi. Yangi a’zolikka qabul qilishda barcha a’zo davlatlar shartlarga rozi bo‘lishlari kerak va bu a’zolarda iborat
ishchi guruhini tuzish va muzokaralar jarayoni orqali amalga oshiriladi. Ishchi guruh tuzilgandan so‘ng parallel ravishda ikki tomonlama, ko‘p tomonlama va turli tomonlama muzokaralar olib boriladi. Ushbu muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishi qo‘shilish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan qabul qilinishi va JST Bosh kengashi yoki Vazirlar konferensiyasi tomonidan ma’qullanishi kerak bo‘lgan qo‘shilish jarayonidan iborat.
Xalqaro Savdo Tashkilotining JSTga a’zo bo‘lishdagi ko‘magi Xalqaro Savdo Markazi (XSM) rivojlanayotgan va o‘tish davridagi davlatlarda kichik va o‘rta korxonalarning yanada raqobatbardosh bo‘lib, savdo va investitsiyalar uchun xalqaro bozorlarga integratsiyalashuvi, globallashuviga ko‘mak ko‘rsatuvchi rivojlanish agentligi hisoblanadi. 1964 yilda tashkil etilgan ushbu markaz JST va BMTning qo‘shma agentligidir.
XSM 2009 yildan buyon JSTga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga qo‘shilish jarayonini qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Hozirda Samoa, Yaman, Laos Xalq Demokratik Respublikasi, Komor orollari, Liberiya, Sudan, Tojikiston va Efiopiya JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida a’zo bo‘lish strategiyalari va unga xizmat qiluvchi siyosiy va iqtisodiy tartiblardagi islohotlarini ishlab chiqishda XSM yordamiga tayanmoqda. Ushbu maqsadga erishish uchun XSM besh yo‘nalishli strategiyani ishlab chiqqan, jumladan, JST tizimi haqida xabardorlikni oshirish; tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi memorandum va qonunchilik harakatlari rejasini ishlab chiqishda ko‘maklashish; integratsiyalashgan xizmatlar va tovarlar bo‘yichа
26
dastlabki takliflarni tayyorlashda yordam berish; turli masalalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar bazasini yaratish; muzokaralarda samarali ishtirok etishni ta’minlash uchun konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniO‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 1994 yilda boshlangan, biroq o‘sha paytdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash siyosati sababli 2005 yilda muzlatib qo‘yilgan.
2016 yildan keyin amalga oshirilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan so‘ng 2018 yil mart oyida Tashqi savdo vazirligi tomonidan JST kotibiyatiga rasmiy murojaat taqdim etish yo‘li bilan a’zolikka kirish jarayoni qayta boshlandi. 2019 yil iyul oyida O‘zbekiston JST a’zoligiga Tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni va keyinchalik kirish uchun bir qator boshqa hujjatlarni, jumladan, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha dastlabki takliflarni taqdim etdi.
O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bo‘yicha loyihaXalqaro savdo markazi tomonidan “O‘zbekistonning JSTga kirishiga ko‘maklashish” bo‘yicha besh yillik loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2020 yil fevral oyida boshlangan loyiha O‘zbekistonning qo‘shilish jarayonidan foydalanish orqali iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bo‘yicha rivojlanish rejalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ushbu loyihaning maqsadi JST qoidalariga mos keladigan savdo muhitini yaratish orqali O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar dasturining asosiy benefitsiari: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisoblanadi. Shuningdek, loyiha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, tarmoq biznes tashkilotlari va birlashmalari, eksport-import korxonalari, oliy o‘quv yurtlari, iqtisodiy tadqiqot markazlari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari, jumladan, xotin-qizlar, yoshlar va iste’molchilar uyushmalari bilan yaqin hamkorlik qiladi.
27

BMT Barqaror Rivojlanish Maqsadlari a’zo bo‘lish kalitidir


BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari loyihaning asosiy maqsadlari hisoblanadi. Bu qaysi maqsadlar:
- Iqtisodiy o‘sish (8-maqsad) eksport, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, sarmoyalarni jalb qilish, ish o‘rinlari yaratishga va barcha o‘zbekistonliklarning iqtisodiy farovonligini oshirishga qaratilgan.
- Gender tengligini ta’minlash va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish
- Inklyuziv institutlar - samarali, hisobdor va inklyuziv institutlarni qurish.
- Barqaror rivojlanish uchun global hamkorlik) - Ochiq, qoidalarga asoslangan va shaffof ko‘p tomonlama savdo tizimini rivojlantirish uchun qoidalar va tartiblarni takomillashtirish.
JST dunyodagi eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilot bo‘lib, unga dunyoning 98 foiz iqtisodiga ega davlatlar a’zo bo‘lganligi bu jarayon zamon talabi ekanligini bildiradi.
JSTga a’zo bo‘lishning o‘ziga yarasha tashqi bozorga erkin chiqish, arzon xom-ashyolar importi kabi muhim afzalliklari mavjud. Shu bilan birga, a’zo bo‘lish jarayoni uzoq vaqt sarf etiladigan jarayondir.
1994 yilda boshlanib to‘xtab qolgan, 2016 yildan keyin amalga oshirilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan so‘ng a’zolikka kirish jarayoni qayta tiklanganligi yaxshi imkoniyat.
2000 yildan boshlanuvchi Xalqaro savdo markazining “O‘zbekistonning JSTga kirishiga ko‘maklashish” bo‘yicha besh yillik loyihasi ushbu maqsadlar uchun xizmat qiladi.

Yüklə 55,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin