Ijtimoiy-iqtisodiyot



Yüklə 55,6 Kb.
səhifə7/15
tarix26.09.2023
ölçüsü55,6 Kb.
#148879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
To\'raboyev Islomjon Iqtisodiyot kurs ishi 2023

Ek - Е/YaIM x 100%,
bu yerda Ek - eksport kvotasi, E — eksport hajmi. Agar Ek 10% bo4 Isa, iqtisodiyotning ochiqligi maqsadga muvofiqhisoblanadi. Iqtisodiyot ochiqligining boshqa ko‘rsatkichi import bilanYalM munosabatidan kelib chiquvchi import kvotasi ko‘rsatkichidir:
Ik = 1/YaIM x 100%,
bu yerda Ik — import kvotasi, / — import hajmi. Ochiqlikning kompleks ко‘rsatkichlaridan biri deb odatda tashqi savdo kvotasi ko'rsatiladi:
TSk = TS/YalM x 100%,
bu yerda TSk - tashqi savdo kvotasi, TS - tashqi savdo aylanmasining hajmi.
Bu ko‘rsatkichning kamchiligi unda kapital eksporti kattaligining hisobga olinmaganligidir.
Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘rsatib berilgan koeffitsient va ko‘rsatkichlar har doim ham iqtisodiyot ochiqligining holatini to‘liq ko‘r-sata olmaydi. Masalan, tashqi savdo kvotasi ma’lum ma’noda iqtisodiyot ochiqligini namoyish qilsa ham, uning sintetik ko‘rsatkichi bo’yicha olmaydi.
Tashqi savdo kvotasi asosan davlatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini ko‘rsatadi. Bu esa ochiq iqtisodiyot tushunchasining bir qismi xolos. Iqtisodiyot ochiqligi ko'rsatkichi esa murakkabroq kompleks ko‘rsatkichdir.
Intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalaming hozirgi darajasi quyidagilari ko‘rsatadi:
- jahon xo‘jaligida xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chuqurligini;
14
- an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va xarakterining o’zgarganligini (u ko‘p jihatdan milliyishlab chiqarish jarayonlariga to‘g‘ridan-to‘g4ri xizmat qila boshlaydi)
- kapital migratsiyasining intensivlashganligini;
- ilmiy-texnik bilimlar almashuvining tezlashganligi va, shuningdek, xizmatlar sohasining rivojlanganligini;
- ishchi kuchi migratsiyasining sezilarli darajada o'sganligini (xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro xo‘jaIikning baynalminallashuvining muhim qismi bo‘lib qolmoqda);
- davlatlar va mintaqalar o'rtasidagi iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarining tezlashishi va kengayishini. Sanoati rivojlangan davlatlaming savdo, ishlab chiqarish va kredit-moliya sohasida erishilgan yutuqlar darajasi jahon xo‘jaligi shakllanishining ko‘rinishi bo‘lib xizmat qiladi. Uning ishtirokchilari davlat chegaralarining mavjudligi-ga qaramay umumiy xo‘jalik tizimining tarkibiy qismi sifatida faoliyat ko‘rsatadilar.
Xo‘jalik hayotining baynalminallashuvi tushunchasiortida alohida davlatlami global jahon majmuiga birlashtiruvchi ko‘p darajali jahon xo‘jalik aloqalari tizimining samarali ishlashi turadi. Baynalminallashuv alohida milliy iqtisodiy tizimlaming o‘sib borayotgan o'zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqligini xarakterlaydi.
XX asrdaayirboshlashning baynalminallashuvi kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuviga aylanadi, ITI ta’sirida rivojlanishda sezilarli turtki oladi (XX asr 50-yillarining o‘rtalari).

15
Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi keskin o‘sdi. Yirik miqyosdagi ixtisoslashgan ishlab chiqarish uchun ichki bozorlar doirasi torlik qila boshlab, u obyektiv ravishda milliy chegaralardan chiqa boshlaydi. ITI ta’sirida ishlab chiqarishning baynalminallashuvi shunday ho-latni yuzaga keltiradiki, u har qanday mamlakat uchun “shaxsiy ishlab chiqarishga” ega bo‘lish foydasiz bo‘lib alohida milliy iqtisodiyotlar esa yanada ko‘proq jahon xo‘jaligiga integratsiyalashadilar. Ishchi kuchi harakati, kadrlar tayyorlash, mutaxassislar bilan almashish yanada baynalminal xarakterga ega bo‘ladi. Ushbu aloqalar va rivojlanishining istiqboli shakllanish qonuniyatlarini tekshirish shuni ko‘rsatmoqdaki, jahon xo‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyasi bo‘lib kapital, tovar va xizmatlaming yagona planetar bozorini tashkil qilish va alohida davlatlami yagona jahon xo‘ja!igi majmuiga birlashtirishga bo‘lgan harakat hisoblanadi. Bu esa global iqtisodiyot masalalarini xalqaro iqtisodiyot munosabadar tizimi majmui sifatida o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa xalqaro iqtisodiy munosabatlaming, boshqacha qilib aytganda, yuqoriroq darajasidir. Jahon iqtisodiyoti va XIMda globalizatsiya fenomenini ikki tomonama, ya’ni makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada ko’rib chiqish mumkin. Makroiqtisodiy darajada globalizatsiya, bu - davlatlar va alohida mintaqalarning chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishga bo‘lgan umumiy intilishlari tushuniladi. Sunday intilishlaming ko^nishlari - liberalizatsiya, savdo va investitsion to‘siqlar-ning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlik zonalari tashkil etish va h.lar hisoblanadi. Mikroiqtisodiy darajadagi globalizatsiya esa korxonafaoliyatining ichki bozor chegaralaridan tashqarida kengayishi tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatining millatlararo yoki ko‘pmilliy yo‘nalganligidan farqli ravishda globalizatsiya jahon bozori yoki “jahon uchligi” (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya) bozorlarini o'zlashtirishda yagona yondashishni tushuniladi. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlaming mohiyati, ma’nosini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir. Dunyoning barcha mamlakatlari u yoki bu jihatdan xalqaro mehnat taqsimotiga (XMT) qo£shilgan. Uning chuqurlashuvi ilmiy-texnika inqilobining (ITI)ning ta’siri ostida boigan ishlab


16
chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chiqadi. Xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish davlatlarga qo‘shimcha iqtisodiy samara berib, ofiz ehtiyojlarini eng kam xarajatlar bilan to’liqroq qondirish imkonini beradi.
Mehnat taqsimoti, bu - tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U jamiyat rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan diiferentsiatsiyasi natijasida kelib chiqadi. Mehnat taqsimoti turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kursida xalqaro mehnat taqsimoti o‘rganiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayoni mehnat faoliyatining turli shakllarining ixtisoslashuvi va ulaming kooperatsiyalashuvida, o‘zaro hamkorligida namoyon boiadi. Mehnat taqsimotini faqat ajratish jarayoni sifatida emas, balki jahon miqyosida mehnatni birlashtirish yo£li sifatida ham ko’rish mumkin. Xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o‘rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy taqsimotining darajasi hisoblanadi. U alohida bir davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi. Jahon xo‘jaligini rivojlantirish uchun birinchi navbatda ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda samara- dorlikni ko‘tarish, shuningdek, ishlab chiqarishda xarajatlami kamaytirishga intilish zarur. Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi jarayonida asosiy narsa, bu — shu jarayonning har bir ishtirokchisi o‘zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda qidirishi va topishidir.
Iqtisodiy (tarifli deb ham ataladigan) usullardan foydalanganda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar, eng awalo, narx mutanosibligi, tovar va resurslar eksporti hamda importining sifati va shartlariga amal qilishadi. Tashqi savdoni tartibga solishning ma’muriy (mos ravishda tarifsiz) usullaridan foydalanilganda bozor mexanizmiga davlat organlari tomonidan ta’sir o‘tkaziladi, ulaming qarorlari va hattiharakatlari ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchilar va iste’moIchilaming xohishlarini belgilab beradi. Tarifli usullar tovar narxiga bevosita ta’sir qiladi. Bu usullar davlatlar tashqi savdo amaliyotida eng keng tarqalgan, chunki ular birdaniga uchta vazifani hal qilish imkonini beradi:
17
1) fiskal - budjet uchun qo‘shimcha mablag‘lami olish;
2) rag‘batlantiruvchi - xorijiy hamkorlar bilan aloqalami rivojlantirish;
3) proteksionistik - milliy tovar ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlami yaratish.
Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari qatoriga bojxonabojlari, bojlar, yig‘imlar? shuningdek, boshqa bilvosita soliqlar, aksizlar kiradi.
Tarifsiz usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan mahsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi. Ular ko‘proq rivojlanayotgan va hukumat tomonidan protektsionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan o4ish davri iqtisodiyotli mamlakatlarga xosdir.
Tarifsiz ta’sir qilish vositalariga kvotalash, litsenziyalash, eksportni subsidiyalash, demping, kartel bitimlar va mamlakatlar o‘rtasidagi tovar oqimlarining yo‘lida texnik to‘siqlami yaratish kabilar kiritiladi. Jahondagi mamlakatlar va hududlar bo‘yicha statistik axborotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tashqi savdoni davlat tomonidan boshqarish tarifli va tarifsiz usullaming kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. Tarifli usullaming mavqei keyingi paytda pasayib bormoqda, bu esa Umumjahon savdo tashkiloti tomonidan a’zo-mamlakatlar oldiga qo‘yilgan strategik vazifa, ya’ni ular orasidagi o‘zaro Tovar ayirboshlashda tarifli cheklashlami bosqichma-bosqich bartaraf etish vazifasi bilan bogiiq.
Tarifsiz cheklashlaming ahamiyati «tanlovli» proteksionistik savdo siyosatining kengayib borishi tufayli ortib bormoqda.
Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari qatoriga bojxona tariflari, bojlar, yig'imlar, shuningdek, boshqa bilvosita soliqlar, aksizlar kiradi.

18


Yüklə 55,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin