18
qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan
mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining
umumlashish darajasi turli xil,
ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli
darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi.
Shunga mos ravishda mulk
sub’ektlari vujudga keladi.
Mulk sub’ekti
jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy
mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda
qatnashuvchilar, mulkiy
munosabatlar ishtirokchilari bo’lib,
ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy
guruhlarga birlashgan bo’ladi.
Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik
sub’ekti bo’lib chiqadi.
Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida
mulkchilik munosabatlari va
huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin.
Mulkchilik munosabatlari
– bu
mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yicha mulk sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy
munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin:
Mulkchilik huquqlari
esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan
munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat
qilish yuzasidan kelib
chiquvchi huquqlar majmuidir:
Mulk sub’ektlari ko’p darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk
egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik
munosabatlari rasmiy va
yuzaki tus oladi.
ОБЪЕКТ
СУБЪЕКТ
СУБЪЕКТ
СУБЪЕКТ
ОБЪЕКТ