22
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va
salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik
va tadbirkorlikni, mehnatga
ma’suliyatlilik munosabatlarini rag`batlan-tiradi. Shu bilan birga,
tovar ishlab
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug`diradi.
Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan
bo’g`inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini
shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni
mutlaqlashtirish bilan umuman bog`liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab
chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish
yoki davlat korxonalari,
kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga
kelishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo
bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida
o’zlashtirilishini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: