Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/35
tarix18.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#136861
növüReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy

Shaxsiy mulk
– 
bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy 
ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki 
uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’payadi va rivoj topadi. 
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda 
ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga 
vujudga keladi va ko’payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk akstiyadan 
keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi 
manbaalarga asoslanadi. 
Shaxsiy mulk ob’ektlari – bu turar joylar, bog`-hovli va uylar, transport 
vositalari, pul jamg`armalari, uy-ro’zg`or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka 
tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari
ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. «O’zbekiston 
Respublikasida mulkchilik to’g`risida»gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, 
umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa 
tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki 
bo’lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, 
daromad topish yo’lida ishlatilishi mumkin. 
Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga 
asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. 
O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g`risidagi qonunida (7-modda), 
xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk 
bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi. 


22 
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va 
salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga 
ma’suliyatlilik munosabatlarini rag`batlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab 
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug`diradi. 
Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan 
bo’g`inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini 
shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni 
mutlaqlashtirish bilan umuman bog`liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab 
chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari
kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga 
kelishi mumkin. 
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo 
bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida 
o’zlashtirilishini bildiradi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin