30
dasturlari byudjet mablag`lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi
xo’jaligi uchun chek erlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim
xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni
xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog`liq salbiy holatlar bartaraf
etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi.
Bulardan
asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlashning
moliyaviy
manbalari
paydo
bo’ladi,
bozor
infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga
keladi va aholini ijtimoiy
muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag`lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan
olinadigan mablag`lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga,
yangi
raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat – respublikada mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish chog`ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi.
Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular
xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga akstiyalarni
imtiyozli shartlar
bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy
infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish, davlat
korxonalarining mol-mulki,
fermalar, bog`lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish,
hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa
jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan
bayon qilingan iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular
quyidagilar:
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan
islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
31
v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda
qonunlarga
rioya etiladi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori
bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning
davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday
korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga
tarkiban moslashuviga imkon
beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.