33
2.2 . O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish borasida erishilgan natijalar iqtisodiy tahlili.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab, jamiyatni tubdan isloh qilish
strategiyasi ishlab chiqishda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishni
pirovard maqsad sifatida belgilab oldi. Prezidentimiz bu borada “Bunda biz
markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o’tish – eski xo’jalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki
takomillashtirish emas, balki bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tish
ekanligini qayta-qayta ta’kidladik. Bu bir iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-
boshqaruv tuzilmalarining boshqa iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv
tuzilmalari bilan almashinuvidir”
2
, deb ko’rsatib berdi.
Bundan ko’rinadiki, bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim o’rniga mazmun va sifat
jihatidan farqlanuvchi butunlay yangi tizimning shakllantirilishi jamiyatdagi
mavjud iqtisodiy manfaatlar va munosabatlar muvozanatining buzilishiga, ko’plab
tashkiliy-iqtisodiy va xo’jalik yuritish shakllarining barham topishi yoki
o’zgarishiga, yangilarining paydo bo’lishiga olib keladi. Eng muhimi, bunday
yangilanishlar jamiyat a’zolarining iqtisodiy tafakkuri, turmush tarzi va “hayot
falsafasi”dagi tub o’zgarish holatlari bilan bog`liqdir.
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va qiyofasining yangilanishi mazkur
jarayonlar huquqiy asoslarining yaratilishi bilan birga uzviy holda borishi zarur.
Shunga ko’ra, iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidanoq mamlakatimizda
Fuqarolik, Er, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to’g`risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g`risida”, “Chet el
investistiyalari to’g`risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va
ularni himoya qilish choralari to’g`risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi muhim
qadam bo’ldi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi islohotlarning bosqichligi va izchilligining
muhim qoidasi va e’tiborda tutish lozim bo’lgan jihatlaridan biri – ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlardagi har qanday sifat o’zgarishlarini muntazam kuzatib,
ularni yanada rivojlanishini rag`batlantirib, va ayni paytda, buning uchun etarli
shart-sharoitlarni yaratib borish hisoblanadi. Shunga ko’ra, Prezidentimiz
ta’kidlaganidek, islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to’g`risida”, “Xususiy korxona to’g`risida”, “Valyutani
tartibga solish to’g`risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g`risida”, “Fermer
xo’jaligi to’g`risida”gi Qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni
isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab
chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada
liberallashtirish va modernizastiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos,
balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati
bo’lib xizmat qilmoqda.
2
Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. – Т.: Ўзбекистон, 1993.
34
Agar bozor islohotlarining dastlabki pallalarida odamlarda bu boradagi
tasavvurlar etarli emasligi natijasida mazkur jarayonlarga ma’lum darajada
hadiksirash, ertangi hayot uchun tashvishlanish, hattoki ayrim hollarda
ishonchsizlik
xislari
mavjud
bo’lsa,
mamlakatimizdagi
islohot
va
yangilanishlarning o’tgan davri bunday hissiyot va ikkilanishlarni yo’qotib
yubordi, aholi orasida ertangi kunga ishonch va yorqin kelajak uchun intilish,
bunyodkorlik yo’lida harakat qilish kabi xislatlarni kuchaytirdi. Bugungi kunda
jamiyat a’zolarining aksariyati bozor iqtisodiyotining afzalliklari va
imkoniyatlarini o’z hayotlari va turmush tarzlarida yaqqol sezmoqdalar. Dastlab
odamlar uchun qandaydir mavhum bo’lib tuyulgan bozor iqtisodiyoti bugun
ularning farovon hayotlari uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida yuqoridagi ijobiy jihatlarni ta’kidlash bilan
birga, xolisona tahlil, islohotlarimizning mantig`i va izchilligi, ularning eng
zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini baholash iqtisodiyotni boshqarish
tizimini yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish va liberallashtirish bo’yicha
jiddiy ehtiyoj mavjudligini ko’rsatayotganini ham ta’kidlab o’tdi.
Ma’lumki, erkinlashtirish bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy
yo’nalishlaridan biri bo’lib, xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda
cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor
qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. U butun iqtisodiyotga
tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlarning ustun ravishda talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga
o’tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transakstion bitimlar ustidan davlat nazoratini
pasaytirish va h.k.
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasida xususiy mulkka alohida e’tibor
qaratilib, uning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani
alohida qayd etilgan. Shuni tan olishimiz va doimo e’tiborda tutishimiz kerakki,
bugungi kunda ham aholi ma’lum bir qismining xususiy mulk, tadbirkorlik,
daromadlarning shakllanishi tizimining erkinligiga salbiy munosabatda bo’lishi
hollari uchrashi mumkin. Bu holat totalitar tizimning bir necha o’n yillar
davomida hukmronligi oqibatida aholida shakllangan boqimandalik kayfiyati,
davlat yordamiga umidvorlik, xususiy mulkning uzoq yillar davomida ta’qib qilib
kelinganligi, uning ayrim kishilar tasavvurida salbiy taassurot qoldirganligi kabi
sabablar bilan izohlanadi.
Mamlakatimizda xususiy mulkning daxlsizligi va davlat himoyasiga
olinganligi to’g`risida to’xtalar ekanmiz, bu taniqli iqtisodchi Ya.Kornaining
xususiy sektorni samarali rivojlanishini ta’minlash uchun “Xususiy mulkning
mutlaq xavfsizligi to’g`risida qat’iy ravishda e’lon qilinishi zarur… Albatta,
bunday kafolatlar qonunlar, partiyalarning dasturlari va etakchi davlat
arboblarining bayonotlari orqali belgilanishi lozim… Kelgusidagi investistiyalar
haqida qayg`urish “Konfiskastiyalar endi hech qachon bo’lmaydi!” deya qat’iy
35
bayonot berishni taqozo etadi”
6
degan so’zlarini keltirish o’rinlidir. O’zbekiston
o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon Prezidentimiz shaxsan turli doiralarda
bunday kafolatlar to’g`risida muntazam ravishda, qayta-qayta ta’kidlab kelmoqda.
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konstepstiyasi”da “Birinchi navbatda, xususiy mulkning
huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo’l
bilan qo’lga kiritgan yoki yaratgan o’z mulkining daxlsizligiga aslo shubha
qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har
bir tadbirkor avvalo shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy
mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o’z
biznesiga bexavotir investistiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi,
mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko’paytirishi, o’z mulkiga o’zi egalik
qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim”
7
deya yana bir bor ta’kidlanishi ushbu
fikrlarning yaqqol tasdig`idir.
Ma’ruzada shu maqsadda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan xususiy
mulkka
nisbatan
davlat
tomonidan
berilayotgan
asosiy
kafolatlarni
mustahkamlashga qaratilgan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar
huquqlarining kafolatlari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish
zarurligi, shuningdek, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik
to’siqlarni bartaraf etish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish
tartib-qoidalari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhim
ahamiyat kasb etishi, bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan
ruxsat berish tartib-qoidalarining qat’iy cheklangan ro’yxati va turlarini aniq
belgilab qo’yish, qonunda nazarda tutilmagan ortiqcha ruxsatnoma va ruxsat
berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan keskin taqiqlash
zarurligi ta’kidlandi.
Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat
berish jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan
bog`liq chora-tadbirlarga oldingi yillardan e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan,
2009 yilda ham tadbirkorlarning o’z ishini tashkil etish bilan bog`liq sarf-
xarajatlarini qisqartirish ishlari davom ettirilib, jumladan:
- arxitektura-rejalashtirish topshiriq to’plamlarini olish qiymati – 4 barobar;
- loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish – 2,5 barobar;
- kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish qiymati – 2 barobarga pasaytirilgan edi.
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat berish
jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan bog`liq
tadbirlar natijalarini quyidagi jadval orqali yaqqolroq ko’rish mumkin (7-jadval).
Dostları ilə paylaş: |