Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/35
tarix18.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#136861
növüReferat
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy

Jami to’lovlar qiymati 
(listenziya va 
ruxsatnomalarsiz)

5037660

830960
- 83,5 
* Izoh: eng kam ish haqi miqdori to’lovlarni qisqartirishga oid me’yoriy hujjatlar qabul qilingan davrga 
tatbiqan olingan.
Jadvaldan ko’rinadiki,
 
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish 
jarayonlarini qisqartirish va to’lovlarni optimallashtirish tadbirlari sezilarli 
darajada amalga oshirilgan. Masalan, normativlar loyihalarining ekologik 
ekspertizasini o’tkazish bo’yicha to’lov miqdori 75 marta, ekologik ekspertiza 
qiymati 25 marta kamaytirilgan. Buning natijasida har bitta tadbirkorlik sub’ekti 
uchun o’z faoliyatini tashkil etishda o’rtacha 4207 ming so’m miqdorgacha 
mablag`larni tejash imkoniyati paydo bo’lgan.
2009 yil davomida inventarizastiya natijasida aniqlangan qariyb 2 mingta 
bo’sh bino kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi. Bunda binolarni 
ijaraga berish tariflari tadbirkorlik sub’ektlarining qaerda joylashgani va ularning 
faoliyat turiga qarab 3 barobardan 10 barobarga qadar kamaytirildi. Shuningdek
o’tgan davr mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun 
quyidagi imtiyoz va qulayliklar yaratildi: 
- mahsulotlarning gigienik sertifikatini amal qilish muddati ilgarigi 3 yildan 
endilikda cheklanmagan muddatga o’tkazildi; 
- fitosanitariya xulosalarini berish muddatlari qisqartirildi; 
- elektr va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni bajarish 
muddatlari 1 oydan 3 kungacha qisqartirildi; 


37 
- binolarni turar joydan noturar joy toifasiga o’tkazish jarayoni 
soddalashtirildi; 
- davlat mulkidagi bo’sh binolar ijara haqlari 10 va undan ko’p barobargacha 
tushirilishi natijasida ularning 81 foizi (aniqlangan 3650 tadan 2939 tasi) 
tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi; 
- tashqi reklamani joylashtirish tariflari o’rtacha 20 dan 30 foizgacha 
pasaytirildi hamda ayrim hududlarning qishloq joylarida haq olish bekor qilindi. 
Buning natijasida tashqi reklama beruvchi tadbirkorlarning ulushi 34 foizgacha 
oshdi;
 
- tashqi reklamani joylashtirish qiymati Toshkent, Farg`ona, Jizzax, 
Namangan va Navoiy viloyatlarining qishloq joylari uchun 50 foizgacha 
pasaytirildi; 
- elektr energiyasini oldi-sotti shartnomasida belgilangan hajmga nisbatan 
kam sarflanishi uchun jarimalar bekor qilindi va ortiqcha sarflash bo’yicha 
jarimalar 50 foizga qisqartirildi. 
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni 
kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy 
biznesni qonuniy belgilab qo’yishga
 
alohida e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda 
biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy 
an’analarimizga, xo’jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to’la mos kelishi, 
bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa, oilaviy biznesning 
huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va 
keng rivojlanishi va yangi ish o’rinlarining ochilishiga sharoit tug`ilishini 
ta’kidladi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, biznesni tashkil etish turlicha, masalan, 
yakka, xususiy, kooperativ (hamkorlikdagi) tadbirkorlik, sherikchilik, mas’uliyati 
cheklangan jamiyat, akstiyadorlik jamiyatlari, yirik xo’jalik birlashmalari, 
uyushmalari va boshqa shu kabi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshirilishi 
mumkin. Bunda ko’plab omillar, shart-sharoitlar bilan bir qatorda muayyan 
tashkiliy-huquqiy shaklning biznes tashabbuskorlari iqtisodiy manfaatlarini 
naqadar to’la va samarali ro’yobga chiqara olishi darajasi inobatga olinadi. Shunga 
ko’ra, ham nazariy, ham amaliy jihatdan biznesda eng mustahkam tashkiliy-
huquqiy shakllardan biri – oilaviy biznes hisoblanadi. Chunki, oila – bu 
qondoshlik aloqalari orqali mustahkam bog`langan kishilar guruhidir. Oila a’zolari 
o’rtasida biznes uchun zarur bo’lgan eng muhim belgi va tamoyillar yaqqol 
mavjud: o’zaro ishonch, bir-birlarining aqliy va jismoniy salohiyat va 
imkoniyatlarini bilish, o’zaro hurmat, samarali mehnat taqsimotini amalga oshirish 
imkoniyatlari, qat’iy mas’uliyat va javobgarlik va h.k. Bu esa oilaviy biznesni 
shaklining iqtisodiy jihatdan samarali va istiqbolli ekanligini namoyon etadi. 
Darhaqiqat, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, 
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, odamlarning “hayot falsafasini” o’zgartirdi. 
Vujudga kelgan erkinlik, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va 
shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatining berilishi natijasida uzoq yillar 
davomida boqimandachilik kayfiyatida yurgan aholi orasidan ishbilarmon, 
tadbirkor, mohir xo’jalik egalari, hunarmandlar, kasanachilar, ish yurituvchilar 


38 
ajralib chiqdi. Endilikda ular faqat davlatdan ish joyi va ish haqi kutib qolmasdan, 
balki o’zlari ham xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanib, yangi ish o’rinlarini 
yaratishga harakat qilmoqdalar. Bu natijalarni mamlakatimizdagi aholi 
daromadlari tarkibining o’zgarishi
 
orqali ham kuzatish mumkin. 1990 yilda aholi 
daromadlari tarkibida ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar 69,8 foizni, 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromad 7,6 foizni, 
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad 3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilda 
bu daromadlarning ulushi tegishli ravishda quyidagicha o’zgardi: 29,7 foiz, 27,0 
foiz, 28,1 foiz. Bundan ko’rinadiki, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad 
ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar darajasi bilan deyarli baravarlashgan.
Demak, mustaqillik yillari davomida oilalar moddiy asoslarining rivojlanishi, 
ular moliyaviy imkoniyatlarining kengaygani, yashash sharoitlari (elektr 
energiyasi, gaz, ichimlik suvi, oqova suv tizimi bilan ta’minlanganlik 
darajasi)ning yaxshilanishi kabi omillar endilikda biznesni oila a’zolari doirasida 
tashkil etish uchun qulay zamin yaratdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligi darajasini 
oshirishdagi roli ham ahamiyatli hisoblanadi. Haqiqatan ham, tadbirkor o’z 
mablag`larini ishlab chiqarish sohasiga kiritar ekan, ayni paytda o’z daromadlarini 
oshirish bilan birga jamiyat boshqa a’zolarining ham ish hamda daromad bilan 
ta’minlanishiga moddiy negiz yaratadi. Mamlakatimizda bu boradagi faoliyat ham 
kengayib bormoqda: 2000-2008 yillar davomida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sohasida band bo’lganlar soni 3,3 marta oshdi. 2010 yilning 1 yanvar 
holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo’lganlar soni 8402,3 ming 
kishini, shu jumladan, yakka tadbirkorlar 6446,2 ming kishini, kichik korxona va 
mikrofirmadagi bandlar soni 1956,1 ming kishini tashkil etdi. Ushbu soha vakillari 
tomonidan 2002 yilda 369,3 mingta, 2005 yilda 434,2 mingta, 2006 yilda 290 
mingta, 2009 yilda 390 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi. 
Ma’ruzada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliya-
bank tizimi o’zining barqaror va ishonchli ekanini isbotlaganligi, shu bilan birga, 
bu tizimning yanada mustahkamlanishi
 
xususiy banklar va xususiy mulkka 
asoslangan lizing, sug`urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy 
tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini 
shakllantirish hisobidan bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish bilan 
ham bog`liqligi, bu esa bank va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning 
kengayishi hamda mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatining oshishiga imkon beradi 
va 
eng 
yuksak xalqaro standartlar 
talabiga 
mos 
zamonaviy 
bozor 
infratuzilmasining rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta’kidlab o’tildi.
Hozirgi vaqtda respublikamiz bank tizimining umumiy joriy likvidligi 1,5 
milliard dollardan ortiq bo’lib, bu tashqi nodavlat qarzlar bo’yicha to’lanishi kerak 
bo’lgan to’lovlar hajmidan 10 barobar ko’pdir. Bu esa bizda likvidlik, ya’ni 
to’lovlarga qodirlik darajasi bo’yicha muammo yo’q, deb aytish uchun asos 
bo’ladi. 
Keyingi yillarda bank tizimini yanada takomillashtirish, tijorat banklarining 
kapitallashuv 
darajasini oshirish, barqarorligini ta’minlash, investistiya 
jarayonlarida ishtirokini kengaytirish, ularning erkinligini mustahkamlashga 


39 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida bank 
aktivlari 12 trln. 65 mlrd. so’mni, tijorat banklarining jami kapitali 2 trln. 104 
mlrd. so’mni tashkil etdi. Fuqarolarning bank tizimiga bo’lgan ishonchi tobora 
oshib borayotgani, aholining banklardagi omonatlarining davlat tomonidan 
kafolatlangani, eng muhimi, fuqarolarning banklardan omonatlarini o’z vaqtida 
olayotgani, kredit tashkilotlari tomonidan aholiga 400 dan ortiq qulay omonatlar 
turlarining taklif etilishi 2010 yilning 1 yanvar holatiga omonatlar miqdorining 2 
trln. 750 mlrd. so’mga etishiga zamin yaratdi (8­rasm). 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin