42
etgani holda, sanoat ishlab chiqarishida atigi 16,9 foizga etgan, xolos.
Yurtboshimiz ushbu vazifani hal etish uchun “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to’g`risida”gi Qonunning yangi tahririni
tayyorlash zarurligini
ko’rsatib, ushbu qonunda kichik biznesni qo’llab-quvvatlashning bir qator
yo’nalishlarini belgilab berdi (12-rasm).
Bozor iqtisodiyotning to’laqonli amal qilishi ko’p
jihatdan mamlakatdagi
monopoliyaga qarshi siyosatning samarasiga ham bog`liq. O’zbekiston
Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim
yo’nalishlaridan biri – bu monopolist-korxonalarning
tovar bozoridagi egallab
turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga yo’l
qo’ymaslik bo’yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda
monopolist-korxonalar
Davlat reestri yuritilib, unga muayyan tarmoqda ustun
mavqega ega bo’lgan korxonalar kiritiladi (13-jadval).
Dostları ilə paylaş: