45
Mamlakatimizda nodavlat sektorining faoliyati va mavqeini ta’minlashda
asosiy o’rin tutuvchi 1991 yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to’g`risida”gi Qonun,
o’tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq
qonunosti hujjati unga uyg`unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko’rib
chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab etayotganligi ko’rsatib berildi.
Mamlakatimizning
strategik
muhim
tarmoqlari
va
korxonalarida
akstiyalarning nazorat paketi, ta’bir joiz bo’lsa, “oltin”
akstiyalarni davlat
ixtiyorida saqlab qolgan holda, iqtisodiyotning eng muhim etakchi tarmoqlariga
xususiy investorlarni jalb qilish va ularda nodavlat sektor ulushini yanada
kengaytirish zarur. Bunda bo’lajak investorlarning barcha toifalariga
xususiylashtirish jarayonlarida teng sharoit yaratishni ta’minlash,
ularda xususiy
sektor ishtirokini kengaytirish, xususiylashtirish bitimlarining ochiqligi va
oshkoraligini ko’zda tutish lozim.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan g`oyat muhim ahamiyatga molik qonunlarni
takomillashtirish bilan birga, O’zbekistonda
amalga oshirilayotgan bozor
islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor
iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator
qonunlar qabul qilishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. “Kredit byurolari faoliyati
va kredit axboroti almashuvi to’g`risida”, “Garov reestri to’g`risida”, “Rieltorlik
faoliyati to’g`risida”, “Investistiya va pay fondlari to’g`risida”, “Innovastiyalar va
iqtisodiyotni modernizastiya qilish to’g`risida”gi va boshqa yangi qonunlar shular
jumlasidandir.
Ma’ruzada mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va
ustuvor yo’nalishlarini belgilashda ichki ehtiyojning o’sishiga alohida e’tibor
qaratishimiz
kerakligi,
jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi
oqibatlarini
yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ana shunday
yondashuv o’tgan yillarda o’zini to’la oqlagani, bugungi kunda Osiyodagi ko’plab
mamlakatlar aynan shunday pozistiyaga amal qilib kelayotgani ta’kidlandi.
Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlardan
biri – ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2009 yil
davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi
ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktlarida
ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish,
obodonlashtirish
boshqarmalarini 2100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 134 ta ko’p qavatli
uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman
olganda, hududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib,
ishga tushirilishi natijasida, respublika bo’yicha qo’shimcha 1,3 mln. nafar
aholining yoki 268,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy
va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa,
yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy
farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga
ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin
istiqboldagi eng muhim
vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini
kengaytirish maqsadida sostial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni
46
yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini
rivojlantirishga, transport va kommunikastiya loyihalari
amalga oshirilishiga
alohida e’tibor berishdan iboratligi qayd etildi
Dostları ilə paylaş: