Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Kasanachilarni ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə186/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   238
mehnat kodeksi

444-modda. Kasanachilarni ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh
O‘n olti yoshga to‘lgan jismoniy shaxs kasanachi bo‘lishi mumkin.
Agar kasanachilikning xususiyati kasanachi bilan yakka tartibdagi to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzish zaruratini taqozo etsa, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslarning kasanachilikni amalga oshirishiga yo‘l qo‘yiladi.
445-modda. Kasanachilikni qo‘llash shartlari
Kasanachilikni qo‘llashga, basharti agar kasanachi mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilikni bajarish uchun zarur binolarga, shu jumladan turar joylarga, shuningdek ishni bajarish uchun amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lsa yoxud ishni bajarishga o‘qitilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Kasanachilik amalga oshiriladigan turar joylarni yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish talab etilmaydi.
Kasanachilik texnologiya jarayoni va boshqa shart-sharoitlar uy sharoitlarida butlovchi buyumlarning, yarim tayyor mahsulotlarning, mahsulotlarning hamda ishlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish imkonini beradigan sanoat tarmoqlarida va xizmat ko‘rsatish sohalarida tashkilotlar hamda ularning buyurtmalari bo‘yicha uyda tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasidagi kooperatsiya asosida tashkil etiladi.
Kasanachining quyidagilarni talab qiladigan ishlarni (xizmatlarni) bajarishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
qonunchilikda belgilangan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya (ruxsatnoma) olishni;
uyda kuch sarflab ishlatiladigan, ko‘p energiya sarflanadigan va texnik jihatdan murakkab asbob-uskunalardan, shuningdek xavfli kimyoviy komponentlardan foydalanishni;
uy sharoitlarida nazorat qilib bo‘lmaydigan maxsus texnika xavfsizligiga rioya etishni.
Kasanachilik sharoitlarida foydalanish mumkin bo‘lmagan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va mahsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Yong‘in xavfsizligi qoidalariga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, shuningdek kasanachilarning uy-joy-maishiy sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq kasanachilik ishlarining (xizmatlarining) ayrim turlariga yong‘in va sanitariya nazorati davlat organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Kasanachilar uchun ishlarning (xizmatlarning) muayyan turlari ularning amaliy ko‘nikmalari va sog‘lig‘ining holati hisobga olingan holda (ishning xususiyati, foydalaniladigan uskunalar va asboblar, xomashyoning va materiallarning xossalari, nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan esa tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalari e’tiborga olinadi) ish beruvchi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin