Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə147/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   238
mehnat kodeksi

334-modda. Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
Xodimning mol-mulkiga zarar yetkazgan ish beruvchi, agar u o‘zining aybi yo‘qligini isbotlab berolmasa, ushbu zararning o‘rnini to‘liq hajmda qoplaydi. Zararning miqdori zararning o‘rnini qoplash kuni mazkur hududda amalda bo‘lgan bozor narxlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni xodimning roziligi bilan natura tarzida qoplanishi mumkin.
335-modda. Xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish
Ish beruvchining g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon xodimga mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilangan miqdorlarda pul shaklida kompensatsiya qilinadi.
Nizo yuzaga kelgan taqdirda, xodimga ma’naviy ziyon yetkazilganligi fakti va uni kompensatsiya qilish miqdorlari, o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan moddiy zarardan qat’i nazar, sud tomonidan belgilanadi.
336-modda. Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi
Hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi. Ish beruvchi ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida arizani ko‘rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart.
Ish beruvchining xodimga hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi yoki ish beruvchining asoslantirilgan yozma rad javobi xodimga yoki ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslarga ushbu buyruq qabul qilingan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda topshiriladi.
Xodim yoki ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi bo‘lmagan yoki ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin