Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-§. Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarligi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə148/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   238
mehnat kodeksi

3-§. Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarligi
337-modda. Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati
Xodim ish beruvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart.
Olinmagan daromadlar (boy berilgan foyda) xodimdan undirilmaydi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchidagi mol-mulki, agar ish beruvchi mazkur mol-mulkni but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchi uchun mol-mulkni sotib olish, tiklash yoxud xodim tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun ortiqcha xarajatlar qilish va to‘lovlarni amalga oshirish zarurati tushuniladi.
338-modda. Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar
Zarar uni bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch, oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.
Oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi deganda qo‘yilgan maqsadga boshqacha tarzda erishish mumkin bo‘lmaganda, xodimning o‘z zimmasiga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajargan, muayyan darajada g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan va ehtiyotkorlik qilgan, zararni bartaraf etish choralarini ko‘rgan holda hamda xo‘jalik tavakkalchiligining obyekti odamlarning hayoti va sog‘lig‘idan emas, balki moddiy boyliklardan iborat bo‘lgan hollarda zamonaviy bilim va tajribaga muvofiq qilgan harakatlari tushuniladi.
339-modda. Ish beruvchining xodimdan zararni undirishdan voz kechish huquqi
Ish beruvchi moddiy zarar yetkazilgan aniq sharoitlarni hisobga olgan holda zararni aybdor xodimdan to‘liq yoki qisman undirishdan voz kechish huquqiga ega. Tashkilot mulkdori ish beruvchining mazkur huquqini qonunchilikda, shuningdek tashkilotning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda cheklashi mumkin.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin