Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə10/25
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#180412
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
572 17.09.2021

4-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish
51. Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
52. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin o‘n kun ichida Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra har bir ta’lim turi bo‘yicha yetti kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibi Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari (komissiya raisi), manfaatdor vazirlik va idoraning sohaga mas’ul tarkibiy bo‘linmasi rahbari (komissiya raisi o‘rinbosari), Ta’lim inspeksiyasi xodimlari (bir nafari — komissiya kotibi), manfaatdor vazirlik va idoraning kasaba uyushmasi vakili hamda xodimlaridan iborat bo‘ladi.
Apellatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
53. Apellatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi apellatsiya komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi buyruqda belgilanadi.
Apellatsiya komissiyasining murojaatlarni masofadan turib onlayn tarzda ko‘rib chiqish vaqtlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
54. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga ishchi guruhlar tarkibidan a’zo kiritilmaydi.
55. Apellatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish uchun jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
56. Apellatsiya komissiyasi yig‘ilishida komissiya a’zolarining yarmidan ko‘pi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
57. Ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
58. Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellatsiya komissiyasi tomonidan murojaati ko‘rib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.
59. Apellatsiya komissiyasi pedagog kadrning attestatsiya jarayonlariga oid murojaatini ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
pedagog kadrning to‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test va malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar, shuningdek, sinovlarni o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, attestatsiya natijalarini o‘zgartirishsiz qoldirish;
pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi noto‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, attestatsiya natijalarini o‘zgartirish;
o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovlarini o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, test sinovlarining qaytadan topshirilishini tashkil etish.
60. Apellatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi pedagog kadrga apellatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran besh kun muddatda taqdim etiladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin