Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 13-maydagi 392-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 291-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini munosib rag‘batlantirishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 20-fevraldagi 106-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 60-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga 8-ilovaning 13-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qaroriga 3-ilovaning 10-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 27-apreldagi 243-son qaroriga 2-ilovaning 14-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-iyuldagi 345-son qaroriga 3-ilovaning 38-bandi.