Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir. Bugungi kunda dunyo ommaviq axborot vositalarida axborotni tanlash va to‘g‘ri baholash qobiliyati dolzarb bo‘lib qolmoqda. Media savodxonligi, media ta’limi, media madaniyat, soxta va tashviqot axborotlariga qarshilik ko‘rsatish — bu kalit so‘zlarning barchasi ikki kunlik seminar trening mohiyatini aks e ttirdi. “O‘zbekiston ta’lim tizimiga media savodxonlikni jori y e tish” loyihasi doirasida “Media savodxonlik nim a va uni maktabda qanday o‘qitish kerak?” mavzusidagi ushbu seminar-trening O‘zbekiston Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi, DW Akademiyasi va Germaniya tomoni hamkorligida tashkil e tildi. Trening jarayonida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan fikr almashib, “Adolat tili”, kontent, Vebler sxemasi kabi yangiliklarga, turli ma’lumot, usul va metodikalarga ega bo‘lishdi.
Nima uchun biz media savodli bòlishimiz kerak?
Biz bugun mediasavodxonlik XXI asr odamlari uchun eng zarur bòlgan kònikma ekanligidan kelib chiqib yozyapmiz. Xuddi òqish, yozish qobiliyati singari bu juda muhim kònikma. Sababi, bugungi kunda odamlar media dunyosida yashaydilar, turli axborot manbalaridan foydalanadilar. Albatta, har kim bu ma'lumot qanchalik foydali yoki zararli bòlishi mumkinligini òzi òylashi kerak.
Biz aynigan ovqatni yemaymiz. Juda yoģli yoki juda achchiq taomni iste’mol qilmaymiz. Albatta, bu masalada insonni òzi nimani tanlashini hal qilishi kerak. Axborotlar ham xuddi shunday. Inson uchun axborotdan keladigan xavf oziq-ovqatnikidan kam emas. Mabodo biz sifati past ma'lumotlarini òqisak, dunyo haqida notòģri tushunchaga ega bòlamiz. Ehtimol, ba’zi firibgarlar bizni aldab ketadi.
Post – haqiqat nima?
Bugungi kunda post – haqiqat fenomeni mavjud, bu shunday izohlanadi: Har bir kishi har qanday fikrning tasdiģini internetdan topishi mumkin. Bu yangi hodisa, internet paydo bòlguniga qadar bunday holat kuzatilmagan. Sababi, hammaning ham òz fikrlarini yoza olish imkoniyati bòlmagan. Bugungi kunda esa har bir tarmoq foydalanuvchisi veb-sayt yaratishi mumkin.
O’qish davrida yoki mehnat faoliyatini boshlaganimizda eng kerakli ko’nikmalardan biri – taqdimot yaratishni bilish deyilsa mubolag’a bo’lmaydi. Agar bu jarayonning bir nechta muhim qoidalarini o’rganib olinsa, taqdimotlarni tayyorlash tez va oson ishga aylanib qoladi. Ushbu maqolada taqdimot tayyorlash va taqdim etish usullari haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ta’sirchan taqdimot (ya’ni prezentatsiya) yaratish uchun amerikalik professor Andrew Abelani “Ekstrim Taqdimot” usulidan foydalanishimiz mumkin.
Taqdimot yaratishdan oldin quyidagi savollarga javob topilsa, uni ustida ishlashga ketgan vaqtimiz samarali sarflanadi.
Ekstrim Taqdimot usuli 10 ta elementdan tashkil topgan.