«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Hamjihatlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlari



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Hamjihatlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlari
7
 
Ijobiy tomonlar 
Salbiy tomonlar 

kommunikatsiya 
va 
koordinatsiyaning 
kuchayishi; 

innovatsiyaning o’sishi; 

kompleks 
muammolarni 
yechish 
uchun 
imkoniyatning ortishi; 

ma’lumotlar va eng yaxshi amaliy ishlar bilan 
bo’lishish. 

Shaxslar o’rtasida nizoning yuzaga 
kelishi ehtimoli; 

turli xil qarashlar va maqsadlar 
o’rtasidagi raqobat; 

koordinatsiya logistikasi 
Manba: R.Vagner va G.Myullerning “Hamkorlikning cho’qqisi” nomli maqolasiga asoslangan, Gallup 
Management Journal Online [http://gmj.gallup.com], 18-fevral, 2010-yil; M.T.Xansen, “Ichki hamkorlikning 
kompaniya uchun salbiy tomonlari”, Harvard Business Review, 2009-yil aprel, 83-88-sahifalar; G.Axudja, 
“Hamkorlik tarmoqlari, strukturav va innovatsiya: uzoq muddatli izlanish”, Academy of Management Proceedings 
Online, 1998; va M.Pincher, “Hamkorlik: Birlikdagi yangi kuch”, Computer Weekly, 27-noyabr, 2007, 18-sahifa.
7
Manba: R.Vagner va G.Myullerning “Hamkorlikning cho’qqisi” nomli maqolasiga asoslangan, Gallup 
Management Journal Online [http://gmj.gallup.com], 18-fevral, 2010-yil; M.T.Xansen, “Ichki hamkorlikning 
kompaniya uchun salbiy tomonlari”, Harvard Business Review, 2009-yil aprel, 83-88-sahifalar; G.Axudja, 
“Hamkorlik tarmoqlari, strukturav va innovatsiya: uzoq muddatli izlanish”, Academy of Management Proceedings 
Online, 1998; va M.Pincher, “Hamkorlik: Birlikdagi yangi kuch”, Computer Weekly, 27-noyabr, 2007, 18-sahifa 


41 
 
Turli funktsiyali jamoalar. 
Tashkilotlar bunday boshqaruv metodini 
tanlashining asosiy sababi ular buni an’anaviy boshqaruv bo’limlari yoki 
muntazam ishlovchi guruhlarga qaraganda, yangiliklarga tezroq moslashuvchan 
deb hisoblashadi. Bunday jamoalarning asosiy xususiyati ular tezlik bilan 
yig’ilishi, e’tiborini yangi loyihaga qaratishi va yana tarqalishi ham mumkin. 10-
bobda, biz turli funktsiyali jamoalarni bo’limlarga bo’lishning turli shakllari 
sifatida muhokama qilgan edik. Shuni yodda tutingki, jamoalar turli 
mutaxassisliklarga ega bo’lgan shaxslardan iborat bo’ladi. Turli funktsiyali 
guruhlar shakllanganda esa jamoa a’zolari ularning funktsional sohalariga ta’sir 
qiluvchi umumiy muammolarni echish uchun birikishadi. Nazariy jihatdan, 
ularning funktsiyalarini ajratib turuvchi sun’iy to’siqlar g’oyib bo’ladi va jamoa 
tashkilotning maqsadiga erishish uchun birga ishlashadi. Masalan, dunyoning eng 
yirik po’lat ishlab chiqarish kompaniyasi – ArcelorMittal kompaniyasida, turli 
funktsiyali tadqiqotchilar, menejerlar va sotuvchilarning jamoasi mahsulot 
innovatsiyasini tahlil qilishadi. Turli funktsiyali jamoalar kontseptsiyasi sog’liqni 
saqlash sohalarida ham qo’llanilmoqda. Masalan, Merilend shtatining Betesda 
shahridagi gospitalda doktor, farmatsist, ijtimoiy ishchi, oziqlantiruvchi, bosh 
hamshira, terapevt va ruhoniydan iborat intensiv parvarish jamoasi ham kuni 
bemorning holatini muhokama qilishadi. Gospital bu orqali xatoliklarni 
kamaytiradi, bemorlarning gospitalda qolish vaqtini qisqartiradi va bemorlarning 
oilasi va gospital hodimlari o’rtasidagi aloqani kuchaytiradi. Biz bunday 
jamoalarni 13-bobda yanada chuqurroq muhokama qilamiz. 
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi dunyoda uch 
o’lchamli LED televizorlarini ishlab chiqargan eng birinchi kompaniya bo’ldilar. 
Samsung kompaniyasining muvaffaqiyatlarida innovatsiya juda ham muhim o’rin 
egallagani uchun, kompaniya o’z ichida ishchilar o’rtasida ichki hamkorlikni, o’z 
mijozlari bilan esa tashqi hamkorlikni yo’lga qo’yishga chaqiradi. Dunyoning 42 
davlatida joylashgan tadqiqotchilik markazlari yangi texnologiyalar ustida 
hamkorlik qilishadi. O’zining ichida esa kompaniya mahsulotlarni tezroq ishlab 
chiqish uchun kesishuvchan funktsional jamoalardan foydalanadi. 


42 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin