«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Tashkilotlarda hamkorlik munosabatlarini tashkil etish



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Tashkilotlarda hamkorlik munosabatlarini tashkil etish 
Rivojlanib borayotgan global raqobat sharoitida har bir tashkilot o’zining 
puxta ish uslubiga hamda strategik, taktik yo’nalishlariga ega bo’lishi talab etiladi. 
Bu esa o’z navbatida tashkilotlarning raqobatda “jon saqlab qolish”ida hamkorlik 
qilishga turtki beradi.. 
“3M” kompaniyasining dental mahsulotlar bo’limida tadqiqotchi olim Sumita 
Mitra shunday qoplama ishlab chiqarishga yordam berdiki, bu qoplama tish 
qobig’ini va nur yordamida o’rnatiluvchi tsement materiallarini himoya qiladi. 
Shunga qaramasdan, kosmetik stomatologiya ommalashgani uchun, u stomatolog 
xohlagan darajadagi kuch va tabiiylikka ega bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarish 
uchun imkoniyat seza boshladi. Mitra dastavval 3M kompaniyasining 7000 ga 
yaqin mutaxassislar yozigan ma’lumotlar bazasiga murojaat qildi. Garchi 
ma’lumotlar ba’zasi bilimlarni butun kompaniya bo’ylab o’rtoqlashishga imkon 
bermasa-da, “haqiqiy hamkorlik ishlari asosan yuzma-yuz, TechForum tomonidan 
6
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 298-299-bet. 


40 
moliyalashtirilgan forumlarda yuz buradi. Bu forum butun dunyodagi olimlarni 
bir-biriga bog’laydi”. Bu erda esa Mitra kompaniyaning boshqa bo’limlaridagi 
mutaxassislarga tegishli kerakli ma’lumotlarni topa oldi. 3M kompaniyasining 
tadqiqotchilarni bog’lovchi o’z sayti ham bo’lib, Mitra buni “3M tadqiqotchilari 
uchun yaratilgan LinkedIn”sifatida tasvirlaydi. Tadqiqot markazi va Forum 
Mitraning tadqiqoti uchun foydali bo’ldi. O’z tadqiqotlarini boshlaganidan 3 yil 
o’tib, 3M kompaniyasi Filtek Supreme Plus ni taqdim qildi, bu juda kuchli, yorqin 
material bo’lib, ilk marotaba u o’zida nanoqismlarni mujassamlashtirdi. 3M 
kompaniyasida, ishchilar o’zaro hamkorlik qiladilar va muvaffaqiyatlariga qarab 
ko’tariladilar. Kompaniya tadqiqotchilari o’rtasidagi bunday hamkorlik qator 
yangiliklarning ochilishiga olib keldi. 
Aytish mumkinki, bugungi kunda ishlash jarayoni butkul o’zgarib ketdi. 
Garchi vazifalarning samarali bajarilishi muhim bo’lishiga qaramasdan, 
tashkilotlar uning qanday bajarilishiga ham moslasha olishi kerak. Tan olish 
kerakki, bugungi kunda innovatsiyani tezlik bilan o’rganish va uni bozorda 
qo’llash juda ham muhim ahamiyatga egadir va bu bilan siz nima uchun 
buyruqbozlik zanjiriga asoslanuvchi yuqoridan pastga qarab qaror qabul qilish 
tizimi yaxshi ish bermasligini tushunib olasiz.3M kabi ko’pgina tashkilotlar 
o’zlarida ishchilar o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqdalar. 11-3 jadval 
hamkorlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlarini ifoda etadi.Hamkorlik ichki 
bo’lishi (tashkilot ichidagi ishchilarning orasida) yoki tashqi (har qanday aktsioner 
bilan) bo’lishi mumkin. Har ikki holatda ham, ishchilar hamkorlik qanchalik 
tashkilotning strukturasiga to’g’ri kelishini va hamkorlikda ishlash bilan bog’liq 
muammolarni anglab olishlari zarur. Hamkorlikning har bir turiga alohida nazar 
solib chiqaylik. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin