o’zgaruvchan ish vaqtini joriy qilishdir. Bunda ishchilar haftasiga belgilangan ish
vaqtini ishlashlari kerak bo’ladi, ammo ular o’z vaqtlarini o’zlari belgilashlari
mumkin bo’ladi.Odatda, bunday sharoitlarda ishchilardan ma’lum bir vaqt
mobaynida barcha ishchilarning to’planishi ham belgilanadi, ammo ishni boshlash,
tugatish va tushlik vaqtlarini ishchilarning o’zlari belgilaydilar. Family and Work
Institute ning olib borgan tadqiqotlariga qaraganda, 81 foiz kompaniyalar
o’zlarining ishchilariga o’zgarib turuvchi ish haftasini taklif qilmoqchilar.Watson
Wyatt tomonidan olib borilgan izlanishlarga qaraganda, o’rta va yirik
kompaniyalar uchun o’zgaruvchan ish vaqtlari eng asosiy taklifdir.
Buyuk Britaniyada, Makdonalds kompaniyasi o’z restoranlarida xodimlarning
yo’q bo’lib qolmasligini ta’minlash uchun noodatiy eksperimentni sinab
ko’rmoqda. Family Contract deb ataluvchi bu tizimda, bir oilaga kiruvchi ishchilar
bir-birlarining ish o’rinlarini menejerlardan so’rab o’tirmasdan almashtirishlari
mumkin. Ish vaqtini bunday o’zgartirish
ish bo’lishish deb ataladi. Bunda 2 yoki
undan ko’proq ishchilar bir to’liq ishni o’zaro bo’lib oladilar. Garchi bunday
mexanizm odatda yuqori kvalifikatsiya talab qilmaydigan ishlar uchun xos bo’lsa-
da, boshqa tashkilotlar bu mexanizmni ishlamoqchi bo’lgan, ammo to’liq stavkada
ishlashni xohlamaydigan insonlarga taklif qilishi mumkin. Masalan, Ernts&Young
kompaniyasi ishchilari turli xil ish vaqtlaridan o’zlari uchun eng ma’qulini tanlab
olishlari mumkin. Bundan tashqari, ko’pchilik kompaniyalar iqtisodiy inqiroz
vaqtlarida ishchilarni o’z ish o’rinlarida olib qolish maqsadida, ish bo’lishish
mexanizmini taklif qilganlar.
13
Qisqa xulosalar
XX-asr oxirida boshqaruv va ta’minotchilik madaniyatining yangi
elementlari. «Inson resursi» - boshqaruv va tashkilotchilik madaniyatining asosiy
mazmuni. XX asr oxiri ijtimoiy menejment shakllanishining umumiy tamoyillari.
Federal, xududiy, mahalliy darajalarda inqirozga qarshi kurashishni rivojlantirish
strategiyasi. Inqirozdan chiqish dasturlarining mazmuni. Ijtimoiy resurslarni
o’zlashtirish texnologiyalari.