51
b) o’z-o’zini moliyalash va o’z-o’zini boshqarishga e’tibor beriladi. Bu
mahalliy organlarga katta ilm bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilishga imkon beradi;
v) regionlarda siyosatni amalga oshirish hususiyati - monopolizmni yo’qotish,
kichik va o’rta korxonalarni rivoj-lantirishga yo’naltirilgan;
g) kichik va o’rta korxonalarga suyangan
holda zamonaviy tashkiliy
boshqaruv tuzilmasiga o’tish;
d) og’irlik markazi ilmiy tadqiqotlar, ahborot tizimlarini rivojlantirish, kadrlar
tayyorlashga ko’chadi;
e) paydo bo’layotgan «texnopolislar» dastlab fundamental ilm-fan bilan
aloqada bo’lib, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni tez joriy qilishga
erishadi.
Hukumat va jamoat tuzilmalari regionlarga ijtimoiy siyosatni amalga oshirish
yo’llarini ishlab chiqadi va taqdim etadi. Ular quyidagicha bo’lishi mumkin:
a) muntazam soliq tushumlari bazasini yaratish;
b) mahalliy aholi uchun istiqbolli g’oyalarni olg’a surish;
v) regionni rivojlantirish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etishning
xohlaganlar uchun tanlov shartlarini aniqlash;
g) tezlashtirilgan region rivojlanishi loyihasida
ishtirok etish uchun
nomzodlarni tanlab olish tomoyillarini ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan o’rta va kichik firmalarga
maxsus moliyaviy yordam ko’rsatiladi. «Texnopolis»ni rivojlantirishda hamkorlik
qilgan korxonalar, markazlarga mahsus dastur bo’yicha markaziy bank tomonidan
imtiyozli kreditlar beriladi.
Regionning aqliy salohiyatini faol oshirayotgan, ilmiy-texnik va gumanitar
tadqiqotlar markazlarini rivojlanti-rayotgan o’z-o’zini
boshqarish mahalliy
organlarini subsidiyalash hukumat tomonidan to’g’ridan-to’g’ri amalga oshiriladi.
«Texnopolislar» ni yaratish bo’yicha tashkiliy ishlar davlat tomonidan
moliyalashtiriladi. Bundan tashqari, mahsus koordi-natsiya markazi tashkil etilib,
unga
mahalliy hokimiyat vakillari, hukumat organlari, biznes va ilm-fan vakillari
kiradi.
Dostları ilə paylaş: