«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
Nazorat savollar: 
1
Ijtimoiy siyosatning mohiyati nimada namoyon bo’ladi? 
2
Uning asosiy maqsadi qanday? 
3
Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish tamoyillari qanday? 
4
Nima uchun ko’pgina rivojlangan Farb mamlakatlarida ijtimoiy siyosat 
zaruriyati tug’ildi? 
 
Tayanch iboralar:
 
Ijtimoiy siyosat, ijtimoiy doktorina, hokimiyat suvereni, 
hokimiyat organlari, loyiha, munitsipal hamjamiyatlar, birinchi bosqich, ikkinchi 
bosqich, uchinchi bosqich, «texnopolis».
 
 


54 
5-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING PREDMETI VA 
MAZMUNI 
 
REJA: 
 
5.1. Ijtimoiy menejmentning shakllanishi 
5.2.Tadbirkorlik madaniyatini shakllanishi 
5.3.Ijtimoiy menejmentning zamonaviy nazariyasi 
 
5.1. Ijtimoiy menejmentning shakllanishi 
 
Ijtimoiy menejmentning paydo bo’lishi jamiyat hayotida «ijtimoiy» va barcha 
fanlar, ayniqsa sotsiologiya va ijtimoiy boshqaruvning rivojlanishi bilan uzviy 
bog’liq. Ijtimoiy menejment ularning asosiy qismi sifatida ijtimoiy muno-sabatlar 
tizimini, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy resurslar va ularning 
zimmasiga tushadigan boshqaruv va tashkiliy munosabatlar, ularning qonuniyatlari 
va tamoyil-larini o’rganadi. Ijtimoiy menejment ijtimoiy boshqaruvning 
fundamental bilimlariga tayanib, eng kam boshqaruv harajatlari bilan eng ko’p 
ijtimoiy samara olishga intiladi. Oxirgi natija qanchalik yuqori, boshqaruv 
yo’qotishlari qanchalik kam bo’lsa, ijtimoiy menejmentning samaradorligi 
shunchalik yuqori bo’ladi.
Ijtimoiy menejment paydo bo’lishi XX - asr 80-90 yillarda Farbdagi 
boshqaruvchanlik revolitsiyasi natijasida yuzaga kelgan. U ijtimoiy soxadagi 
samarali boshqarish ta’siri va uning bozor strukturasi, moliya, iqtisod, boshqaruv 
tuzulma-larining teskari bog’likliklari bilan aloqador 
Ijtimoiy boshqaruv sohasi ham ta’sir etish obyekti, ham sub’ekti
 
nuqtai-
nazaridan mustaqil, ko’p tuzilmali va ommaviy bo’lib bormoqda, bu sohada 
o’zgacha boshqaruvchi-mutaxassis paydo bo’lmokda. Shartnoma bo’yicha 
yollangan, natijalar bo’yicha bosh-qaruv faoliyatiga mas’ul bo’lgan har bir menejer 
boshqaruv sohasida tadbirkorga aylanmoqda. Boshqaruv va boshqaruvchilar-ning 
alohida istituti-bozor shakllanmoqda. U davlat boshkaruvi bilan munosib 
raqobatlashmoqda. Jahon tajribasi shuni ko’rsatdiki, bu nafaqat menejerlar, balki 
davlat boshqaruv organlarining ham mas’uliyatli va professional jamoasini 
shakllantirishda asosiy mexanizm ekan. 
Avval aytilganidek, nafaqat menejmentning klassik holat-lari rivojlanishi va 
chuqurlashuvi sodir bo’lmoqda, balki «kovboylik menejmenti» ni ommaviy siqib 
chiqarish kuzatil-moqda. Uning o’rniga madaniy hamkorlik tamoyillari, 
avvalambor ijtimoiy tashkilotda bozor raqobatida hamkorlik kelmoqda.


55 
Ijtimoiy sohada ko’rsatkichlar va statistika to’rt darajaga bo’linadi: xalqaro, 
milliy, regional, mahalliy. Ular yagona kontseptual asosda qurilgan, yagona 
ahborot tizimi doirasida birlashgan va xalqaro me’yorlarga mos. 
XX asr oxiri ijtimoiy menejmenti innovatsion madaniyat - ijtimoiy sharoitda 
shakllanmoqda. Bu umumiy boshqaruv mada-niyatining eng muhim elementiga 
aylanmoqda. Uni amalga oshirishning muhim mexanizmi bo’lib ijtimoiy 
menejment aqliy va ishlab chiqarshi sohasida, xizmatlar, turistik biznes, pullik 
meditsinada tadbirkorlikning turli ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi.
Yangi bozor tadbirkordan innovatsion va yanada ko’proq ijodiy hulkni talab 
qildi. Bunga axborot va texnologik inqilob misol. U kichik tadbirkorlikka nafaqat 
tirik qolishga, balki boshni ko’tarib, yirik va o’rta korxonalar bilan muvaffaqiyatli 
raqobatlashishga imkon beradi. Shu yillarda tadbirkorlik xulqining butun ish 
strategiyasi negizidan o’zgarmoqda: iste’mol-chilarga
 
mavhum yondashuvdan - 
ularning ehtiyojlarini, individual didlarini o’rganishga o’tilmoqda. Egiluvchan va 
dinamik ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar va marketingga ehtiyoj sezil-
moqda. Bir so’z bilan aytganda, XX asr oxiri tadbirkorligi, avvalambor boshqaruv 
sohasida innovatsiyaga aylanmoqda. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin