«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Menejmentning ijtimoiy uslublari



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

7.2.Menejmentning ijtimoiy uslublari 
Menejmentning ijtimoiy uslublari ijtimoiy me’yordagi, ijtimoiy nazorat
ma’naviy rag’batlantirish keng spektrini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy me’yorlash 
uslublari turli ijtimoiy guruhlar, jamoalar va alohida ishlovchilar o’rtasidagi 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga imkon beradi. Ijtimoiy-siyosiy uslublar 
ijtimoiy ta’lim va ishlovchilarni ijtimoiy boshqaruvda ishtirok etishga jalb qilishni 
o’z ichiga oladi. Ijtimoiy me’yorlarning aniq uslublariga ichki mehnat intizomi 
qoidalari, firma ichidagi odob qoidalari kiradi. Ijtimoiy nazorat uslublari ijtimoiy 
munosabatlarni va manfaatlarni namoyon qilish va nazoart qilish yo’li bilan 
tartibga solish uchun qo’llaniladi. Ma’naviy rag’batlantirish uslublari kasbiy fao-
liyatda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgan jamoalar, guruhlar, alohida 
ishlovchilarni rag’batlantirish uchun qo’llaniladi. 
Boshqaruvning ijtimoiy uslublari jamoani shakllanishi va rivojlanishi 
jarayonlariga, uning ichida sodir bo’ladigan jarayonlarga ta’sir etishning ijtimoiy-
psixologik uslubla-ridan iborat. Mazkur uslublar tarkibida rasmiy va norasmiy 
guruhlar, shahs roli va maqomi o’zaro munosabatlari tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar va 
boshqa ijtimoiy-psixologik jixatlari bo’lgan jamoalarda amal qiluvchi ijtimoiy-
psixologik mexa-nizmning qo’llanishiga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy-
psixologik usublari birinchi navbatda ta’sir yo’nalishini aniqlovchi tavsifi bilan 
farqlanadi. Rag’batlantirish usullari orasida quyidagilar ajratiladi: tushuntirish
ko’ndirish, taqlid qilish, qiziqtirish, majburlash va boshqalar. Insonning o’sib 
borayotgan ijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlash ijtimoiy-psixologik uslublarni 
qullashning maqsadi hisoblanadi. 
Boshqaruvning psixologik uslublari personalni oqilona tanlash va 
joylashtirish yo’li bilan odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga solishga 
yo’naltirilgan. Ularga kichik guruhlarni to’ldirish, mehnatni yaxshilash, kasbiy 
tanlash va o’qitish uslublari kiradi. Kichik guruhlarni to’ldirish uslublari 


71 
ishlovchilar o’rtasidagi maqbul miqdori va sifat munosabat-larini aniqlashga
imkon beradi. Mehnatni yaxshilash uslub-lariga yorug’lik, musiqa psixologik 
ta’sirini qo’llash, ijodiy jarayonlarni kengaytirish va boshqalar kiradi. 
Umuman olganda ijtimoiy va psixologik uslublarga ijtimoiy rivojlanish 
qonunlari va psixologik qonunlariga tayanadigan boshqaruv ta’siri usullari kiradi. 
Bu erda ijtimoiy va psixologik jarayonlar ta’sir obyekti hisoblanadi. 
Boshqaruvning iqtisodiy uslublari iqtisodiy qonunlar talablarini amalga 
oshirish asosida boshqaruvning iqtisodiy maqsadlariga erishish usullaridan iborat. 
Boshqacha qilib aytganda, zamonaviy menejmentning iqtisodiy uslublari deganda 
barcha iqtisodiy qonunlar va bozor iqtisodiyoti kategoriyalari tizimidan 
foydalanishga asosalangan iqtisodiy hisob-kitob tushuniladi. 
Boshqaruvning ko’pgina iqtisodiy uslublari ichida, masalan, iqtisodiy 
rag’batlantirish uslublarini 
ajratish 
mumkin. Iqtisodiy 
rag’batlantirish 
ishlovchilarning iqtisodiy manfaat-lariga asoslangan boshqaruv uslubidan iborat. 
Uning asosini korxona va tashkilotlarning, shuningdek har bir ishlovchi 
daromadlarining shakllanishi tashkil etadi. Iqtisodiy rag’bat-lantirish tizimi 
personal va har bir ishlovchining iloji boricha yuqori foyda olishga qiziqishining 
ortishiga yo’nalti-rilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish 
yig’indisidir. Iqtisodiy rag’batlantirish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslangan: 

iqtisodiy 
rag’batlantirish 
maqsadlarining 
tashkilot 
rivojlanishi 
maqsadlariga mos kelishi va o’zaro aloqasi; 

ishlab chiqarish tuzilmasida zarur o’zgarishlarni amalga oshirishga 
yo’naltirilgan iqtisodiy rag’batlantirish farqla-nishi; 

iqtisodiy rag’batlantirishning boshqa rag’batlantirish uslublari bilan 
qorishmasi; 

tashkilot va alohida ishlovchilar moddiy ma’suliyatini ko’zda tutuvchi 
iqtisodiy sanktsiyalar bilan iqtisodiy rag’bat-lantirishning qorishmasi. 
Tashkiliy ma’muriy uslublar hokimiyat, intizom va mas’uliyatga asoslanadi. 
Tashkiliy-ma’muriy ta’sir quyidagi asosiy ko’rinishlarda amalga oshiriladi: 
- majburiy xarakterga ega bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri ma’muriy ko’rsatma. 
Ular aniq boshqariluvchi obyektlarga yoki shaxslarga mo’ljallangan, aniq hosil 
bo’lgan holatga ta’sir etadi; 
- qo’l ostidagilar faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni o’rnatish; 
- tashkiliy - ma’muriy ta’sirga layoqatli u yoki bu jarayonlarni tashkil etish va 
mukammallashtirish bo’yicha maslahatlarni ishlab chiqish va joriy etish; 
- tashkilot va alohida ishlovchilar faoliyati ustidan kuzatuv va nazorat. 
Tashkiliy - ma’muriy uslublarni uchta asosiy guruhga ajratiladi: 


Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin