«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Nazorat savollar:
7
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchaning birligi va farqi nimada? 
5
Ijtimoiy menejment qonunlariga aniqlik kiriting. 
6
Ijtimoiy menejment tamoyillarini xarakterlang. 
7
Zamonaviy menejmentda axborot texnologiyalarining roli qanday? 
Tayanch so’z va iboralar:
Ijtimoiy tizimlar. Genezis. Uslubiy tadqiqot. 
Texnologik tizim. 


69 
7-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENT USLUBLARI 
 
REJA: 
 
7.1. Boshqaruv uslubi 
7.2.Menejmentning ijtimoiy uslublari 
7.3.O’z-o’zini boshqarish 
 
7.1. Boshqaruv uslubi 
Avval ko’rib chiqilgan menejment tamoyillari turli uslublarni qo’llash yo’li 
bilan amalga oshiriladi. 
Boshqaruv uslubi - bu tashkilot qo’ygan maqsadlarga erishish uchun 
boshqarilayotgan obyektlarga ta’sir qilish usullari yig’indisi. 
«Uslub» so’zi grekcha «methodos» so’zidan kelib chiqqan. Tarjimasi biror - 
bir maqsadga erishish usuli. Boshqaruv uslublari orqali boshqaruv faoliyatining 
asosiy mazmuni amalga oshiriladi. 
Boshqaruv uslublarini xarakterlab, ularni yo’nalishi mazmuni va tashkiliy 
shaklini ochish kerak. 
Boshqaruv uslublari yo’nalishi boshqaruv tizimiga qaratilgan. 
Mazmuni - bu ta’sir qilish usullari o’ziga hosligi. 
Tashkiliy shakli - aniq hosil bo’lgan vaziyatga ta’sir qilish. Bu to’ridan-
to’g’ri (bevosita) yoki bilvosita ta’sir bo’lishi mumkin. 
Boshqaruv 
amaliyotida 
turli 
uslublar 
va 
ularning 
qorish-masi 
(kombinatsiyasi)dan bir vaqtning o’zida foydalaniladi. Barcha boshqaruv uslublari 
tashkiliy tomondan bir-birini to’ldiradi, doimiy dinamik muvozanatda bo’lishadi. 
Boshqaruv uslublari yo’nalishi doim bir xil - ular turli mehnat faoliyatini 
amalga oshiruvchi odamlarga yo’naltirilgan. 
Shundan kelib chiqish kerakki, boshqaruvning ma’lum uslubida ham 
mazmun, ham yo’nalish, ham tashkiliy shakl ma’lum tarzda qorishtirilgan. 
Shuning uchun boshqaruvning quyidagi uslublarini ajratish mumkin: 

to’g’ridan-to’g’ri direktiv ko’rsatmalarga asoslangan tash-kiliy-ma’muriy; 

iqtisodiy; 

odamlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo’llanuvchi ijtimoiy 
va ijtimoiy - psixologik; 

ijtimoiy tizimni o’zini-o’zi nazorat qilishi sifatida o’z-o’zini boshqarish. 
Umumiy xolda boshqaruv ta’siri uslublarini ikki guruhga ajratish mumkin: 
asosiy va majmuaviy. Asosiylariga boshqaruv uslublari talablarini u yoki bu 
obyektiv qonunlarga mosligi belgilari bo’yicha mazmun jixatlari yaqqol 
ko’rinadiganlar kiradi (masalan, ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy-texnik). Asosiy 


70 
uslublarning qorishmasi ijtimoiy boshqaruvning majmuaviy yoki murakkab 
uslublariga kiradi. 
Mazmuni buyicha ijtimoiy boshqaruv uslublari ijtimoiy rivojlanishning turli 
obyektiv qonunlari talablarini aks ettiradi: iqtisodiy, tashkiliy-texnik, demografik, 
sotsiologik, psixologik va h.k. Shuning uchun iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy, 
ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik boshqaruv uslublari ajrati-ladi. 
Boshqaruvning ijtimoiy uslublari jamiyatning ijtimoiy maqsadlariga 
erishishning nafaqat inson hulqining iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy uslublari bilan 
bog’liq, balki bevosita: ijtimoiy maqsadlarni qo’yish, turmush sifatini oshirish, 
ijtimoiy tashkilotlarni mustaxkamlash, jamiyatning ijtimoiy etukligini oshirish 
bilan ham bog’liq. Ijtimoiy uslublar asosiy hisoblanib, majmuaviy bo’lib ham 
namoyon bo’ladi.

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin