61
ovqatlanish sifati; 8) ekologik holat (havo, atrof muhit holati). 9)demografik holat
(tug’ilish, o’lim, umr ko’rish). 10) shaxsiy xavfsizlik holati; 11) jinoyatchilik
darajasi; 12) ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy
kommunikatsiyalar ahvoli; 13)
jinoyatchilikka qarshi kurash; 14) himoyasiz guruhlarni ijtimoiy qo’llab -
quvvatlash (nafaqa-xo’rlar, bolalar, nogironlar); 15) onalik va bolalikni saqlash;
16) mehnat muhofazasi, ish haqi; 17) bo’ysinmas xulq; 18)jismoniy tarbiya va
sportning ahvoli; 19) madaniy muhit, uning moddiy-texnik bazasi ahvoli; 20) tovar
va xizmatlar sohasi.
Ijtimoiy sohaning har bir tuzilmaviy elementi tizim
doirasida qolganlari bilan
bog’lik; ijtimoiy sohaning boshqarish organlari tizimi ilmiy usullarga tayanib, o’z
a’zolari turmush darajasini oshirish maqsadida barcha ijtimoiy jarayonlarga
kompleks ta’sir qilishni amalga oshiradi.
Jamiyatda, va shuningdek, ijtimoiy sohada har qanday o’zgarishlarni amalga
oshirish uchun katta miqdorda turli resurslar talab qilinadi: moddiy, moliyaviy,
ijtimoiy. Texnika, texnologiya, ilm-fan, madaniyat, ta’limda olg’a siljishni amalga
oshirish uchun unga etarli miqdorda resurslar kiritish kerak. Aks holda reja, loyiha,
dastur muvoffaqiyatsizlikka uchraydi. Bu muammoni muvaffaqiyatli echimi
ijtimoiy menejment ilmi va san’atiga bog’liq. Bir tomonda barcha resurslar,
ijtimoiy jarayonlarning ko’p tomonlama ilmiy tahlili, ularni baholash, o’zlashtirish
mexanizmlarini bilish kerak bo’lsa, boshqa bir tomondan hayotiy tajribaning
mavjudligi, resurslarni ishlatish bo’yicha faoliyat yuritish kerak.
Shunday qilib, ijtimoiy menejmentning mazmunini qonun-lar to’plami,
tamoyillar,
funktsiyalar, boshqaruv sub’ektining faoliyat usullari, boshqaruv
munosabatlarining ijtimoiy muhitda vujudga keluvchi menejerlik jarayonlari
tashkil etadi. Shuning uchun ijtimoiy menejmentning asosiy maqsadi - zamonaviy
ijtimoiy jarayonlar bilan birgalikda ijtimoiy soha va ijtimoiy resurslardan samarali
foydalanishdir.
Ijtimoiy menejmentning metodologik asoslari uning mohiyati, mazmuni,
qonuni, qonuniyatlari va tamoyillarini ochib beradi. Ijtimoiy menejment tizimini
o’rganish uning tashkiliy shakllari, funktsiyalari va
tuzilmasini aniqlaydi, iqtisodiy,
tashkiliy-buyruqli, ijtimoiy-psixoligik mexanizm-larini, ularning yig’indisi va
hamkorligini ko’rib chiqadi. Bunga shuningdek, ijtimoiy ta’sirning sifati va
samaradoligi, menejment madaniyati, menejerlar o’zlarining mehnatini ilmiy
tashkil
etish nazariyasi, ularni tayyorlash tizimlari, boshqaruv san’ati haqidagi
bilimlar ham kiradi.
Shuning uchun, ijtimoiy menejment nafaqat ilm, balki boshqarish san’ati
hamdir: unda hissiyot, insonlarning ijodiy imkoniyatlari,
ularning individual
xususiyatlari, ma’lum ijtimoiy holat, ijtimoiy kenglik sohasida qonunlar va ilm
tamoyillarini qo’llay olish jamlanadi.
62
Qisqa xulosalar
Ijtimoiy kenglik (ijtimoiy muhit, ijtimoiy jarayonlar ijtimoiy resurslar)
boshqaruv ta’sirining obyekti sifatida. Ijtimoiy menejment mohiyati ijtimoiy
boshqaruv turli tumanligi sifatida. Ijtimoiy menejmentni tashkil qiluvchi asosiy
nazariyalar. Kichik tadbirkorlik va ijtimoiy menejment. Ijtimoiy menejer shaxsi.
Korporativlik va ijtimoiy menejmentning o’zaro aloqasi.
Dostları ilə paylaş: