«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Tadbirkorlik madaniyatini shakllanishi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
5.2.Tadbirkorlik madaniyatini shakllanishi 
 
Shuni ta’kidlash lozimki, tadbirkolikda muvaffaqiyat ko’p jihatdan bugun 
o’zini biznesga bag’ishlagan insondagi odob sifatlari yig’indisiga bog’liq. 
Tadbirkor shaxsining bunday xislatlari ichida asosiy e’tibor tadbirkorlik 
madaniyatining shakllanishi bilan bog’liq bo’lganlarga qaratiladi. Boshqaruv 
madaniyatida asosiy rolni oqilona boshlash - bilim, zamonaviy kontseptsiyalar, 
ilmtalab texnologiyalar o’ynaydi. Boshqaruv asosi bilimlarisiz jamiyatni isloh 
qilish, tadbirkorlik faoliyatini oqilona amalga oshirish mumkin emas. Moliya va 
tijorat institutlari egalari soni ortmoqda. Shartnoma bo’yicha yollangan va 
boshqaruv faoliyati natijalariga mas’ul
 
bo’lgan har bir mahalliy menejer boshqaruv 
sohasida kichik bir tadbirkorga aylanmoqda. Shunday qilib, yangi turdagi 
tadbirkorlik madaniyati - menenjerlik shakllanmoqda. 
Bu jarayon ommaviy miqyosda sodir bo’lib, joylardagi butun boshqaruv 
tizimini tubdan o’zgartirmoqda va uni maqsadli qilmoqda: aholi-aktsiyadorlar-
kengash-menejment. Natijada, menejerlar nafaqat keng vakolatlar oladilar, balki 
aholi oldida ham mas’ul bo’ladilar. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, bu menejerlar va 
mahalliy ma’muriyat mas’uliyatli
 
va profes-sional jamoasini shakllantirishning 
yagona samarali mexanizmi. Aholi mahalliy hamjamiyat rivojlanishi maqsadlarini 
aniq-laydi, ma’murlar va menenjerlar korporativlik va menejerlik tamoyillariga 
rioya qilgan holda joylardagi hokimiyat vakillik organlariga hisobot beradilar. Bu 


56 
nafaqat korporativ boshqa-ruvni tashkil etishning muhim tamoyili, balki 
zamonaviy boshqaruv madaniyatini shakllantirish mexanizmi sifatida ham 
namoyon bo’ladi. Shunday qilib, korporativ boshqarish va madaniy kichik 
tadbirkorlik yordamida butun jamiyat hayotini sog’lom-lashtirish uchun sharoit 
yaratiladi. 
XXI asr ko’rsatilgan tendetsiyaning yanada ko’proq kengayi-shini talab 
qilmoqda. Unda iqtisodiyot ijtimoiylik va ma’naviyat ustidan hukmronlik 
qilmaydi, balki ular ko’p jihatdan jamiyat rivojlanishi vektori, uning maqsadlari va 
ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi. Aynan shuning uchun, aholi tadbirkorligini 
cheklashga har qanday urinish, bu sohani davlat ma’muriy usullar bilan haddan 
oshiq nazorat qilishi rivoj-lanish manbalarini bo’g’adi, jamiyat tuzilmalarining o’z 
vaqtida yangilanishini to’xtatadi, ba’zida esa, inqirozni vujudga kelti-radi. 
Jamiyatda shunday xaqiqatni anglash sodir bo’lmoqdaki, uning muvozanati eng 
boylar va eng qashshoqlar daromadlarning farqi o’n barobar bo’lishiga imkon 
bermaydi. Shu narsa tabora oydinlashmoqdaki, obyektiv sabablarga ko’ra, 
qashshoqlikda yashayotgan aholi 10% dan oshmasligi kerak. Bu ko’pgina 
rivojlangan mamlakatlar uchun kritik nuqta hisoblanadi. 
Muammoni tushunish, ilg’or rivojlanish tendentsiyalarining namoyon bo’lishi 
ularni hal qilishning yangi usullarini ham yaratadi. Ular boshqaruv sohasida 
vujudga kelib, strategik va taktik xarakterga ega. Boshqaruv, shuningdek bozor 
organlari aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqi-shadi. Bu 
bozorni ijtimoiy tomondan chegaralash imkonini beradi. Boshqaruvning bosh 
sub’ekti - davlatning rivojlanishiga yangi talablar qo’yiladi. U xo’jalik faoliyatini 
nazorat funk-tsiyalarini o’zining fuqarolari, hududlari, ishlab chiqarish 
uyushmalari va assotsiatsiyalari kichik va o’rta korxonalarga berishi kerak. Bu o’z 
navbatida mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moddiiy - moliyaviy va 
huquqiy bazasini mustahkamlaydi. Ular nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy, bosh-qaruv 
va boshqa resurslardan samarali foydalanishga tobora faol ta’sir etadilar. 
Korporativlik tamoyillari korporativ mulk va boshqaruv madaniyatining 
rivojlanishi jihatidan umumiy bo’lib, ularning hatti-harakati jamiyat hayotini 
tashkil etishning hamma daraja-lariga yoyilmoqda. Ular doimo davlat siyosati 
doirasiga kiri-tiladi. Uning yordamida davlat: birinchidan, korporativ hayot tarzi, 
korporativ boshlashni har tomonlama qo’llab-quvvatlashni maqsadga muvofiq 
amalga oshiradi; ikkinchidan, hokimiyat munosabatlarini jamiyat bilan 
korporativlik, kelishuv, o’z huquq va resurslarini hududlarga va ijtimoiy 
tashkilotlarga berish tamoyillari asosida o’zi qurishga majbur. Bu fuqarolik 
jamiyatining o’rnatilishi jarayonidir. U markaziy va mahalliy hokimiyat o’rtasidagi 
munosabatlarni o’zgartirishga, kelishuv va o’zaro nazorat asosida ularning 


57 
muvozanatlashgan hamkorligini ta’minlashga, hokimiyat munosabatlariga 
ko’pgina mulk sub’ekt-lari kirishiga imkon beradi.
Aynan fuqarolik jamiyati sharoitlarida markaziy hoki-miyat faoliyati, 
kapitaldan foydalanish ustidan harakatchan jamoatchilik nazorati mexanizmlari 
paydo bo’ladi.
Ijtimoiy menejment yordamida moliyaviy mablag’larni ijtimoiy ehtiyojlarga 
sarflash maqsadida byudjetni to’ldirish mexanizmlari ishlab chiqiladi, ish o’rinlari 
soni ortadi.
Shuni aytish kerakki, ijtimoiy menejment o’zining zamonaviy ko’rinishini 
korporativlik nazariyasi va amaliyoti ta’siri ostida namoyon qilmoqda. U 
menejment taraqqiyotida mavjud mexanizma amalga oshirish bilan to’ldirib 
bormoqda. 
Shunday qilib, jamiyat hayotining bu ikki ko’rinishi jamiyat rivojlanishi 
maqsadlari bo’yicha ko’p jihatdan bir biriga mos keladi. Lekin ularning eng katta 
mosligi maqsadlarda emas, balki ularga erishish mexanizmlari va 
texnologiyalaridadir. Korporativlik va ijtimoiy menejment jamiyat rivojlanishi-
ning 
zamonaviy 
sharoitlarida 
xo’jalik 
hayotining, 
ijtimoiy-siyosiy 
munosabatlarning sog’lomlashini ta’minlaydi. 
«Menejment» so’zi keng ma’noda - bu qo’yilgan maqsadlarga aql, boshqa 
odamlar orqali, mexnat bilan erishishni o’rganish tushuniladi. Tor ma’noda esa, 
menejment bu boshqaruv bo’yicha ishni tashkil etuvchi ijtimoiy qatlamning 
aniqlangan insonlar kategoriyasidir.
Menejment ostidagi ijtimoiy boshqaruvninng zamonaviy nazariyasi va 
amaliyotida alohida ishlovchi, ijtimoiy guruh yoki butun jamiyatni boshqarish 
jarayoni tushuniladi. Deyarli barcha mashhur horijiy qomuslarda «menejment» 
tushunchasi ijtimoiy tashkilot maqsadiga insonlarga rahbarlik qilish hisobiga 
erishish jarayoni sifatida izohlanadi. 
«Menejment» ko’p ma’noli tushuncha, u quyidagilarni bildiradi: 
1)
tadbirkorlik faoliyati, hayot tarzi va zamonaviy jamiyat siyosati 
sohasiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy va iqtisodiy institut; 
2)
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida boshqaruv mehnatida 
band bo’lgan shaxslar yig’indisi; 
3)
jamiyat ishlab chiqarishini boshqarishning texnik - tashkiliy va 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini o’rganuvchi ilmiy fan, «boshqarish tuzilmalari, 
shaxslararo 
munosabatlar 
tizimi 
va 
mexanizmi, 
mehnat 
faoliyatini 
rag’batlantirish». 
«Menejment o’z oldiga har qanday faoliyat sohasiga yaroqli umumiy 
boshqaruv tamoyillarini shakllantirish va amalda qo’llashni maqsad qilib qo’ygan. 
Ularga quyidagilar kiradi: boshqaruv muammolari va maqsadlarini aniqlash; ularga 


58 
erishishning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqish; tashkilot ichida turli bo’linmalar 
hamkorligi; ierarxik tuzilmani mukammallashtirish, qarorlar qabul qilish 
jarayonlari va kommunikatsiyalarini maqbullashtirish». 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin