«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Nazorat savollar:
1.«Ijtimoiy boshqaruv» va «ijtimoiy menejment» tushunchalarining farqi 
nimada? 
2.«Ijtimoiy kenglik», «ijtimoiy soha», «ijtimoiy jarayonlar» tushunchalarini 
izohlang. 
3.Ijtimoiy menejment bosh masalasining mohiyati nimada? 
4.Ijtimoiy menejmentning asosiy nazariyalarni aytib bering. 
Tayanch so’z va iboralar: 
Ijtimoiy soha. Ijtimoiy siyosat. Tashkiliy 
madaniyat. Ijtimoiy rejalashtirish. Ijtimoiy-psixologik. Ijtimoiy mutaxassis. Broker. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


63 
6-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING QONUNLARI VA 
TAMOYILLAR 
 
REJA: 
 
6.1.Ijtimoiy tizimlarning turlari 
6.2.Ijtimoiy menejment muammolari 
6.3.Ijtimoiy menejmentning asosiy qonunlari 
 
6.1.Ijtimoiy tizimlarning turlari 
 
Dastlabki qarashda ijtimoiy tizimlarni shartli ravishda quyidagi turlarga 
ajratish mumkin: ijtimoiy-siyosiy (siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari va h.k.), 
ijtimoiy-madaniy (ijodiy, ilmiy xamjamiyatlar va h.k.), ijtimoiy va iqtisodiy. 
Jamoat tizimlari genezisi shunga olib keldiki, ularga tegishli bo’lgan ichki 
boshqaruv mustaqil faoliyat sohasiga aylandi. Masalan, jamiyat ishlab chiqarishi 
ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi (ijtimoiyligi shuning uchunki, ishlab chiqarish 
va uni boshqarish jarayonini amalga oshiruvchi odamlar asosiy element 
hisoblanadi, iqtisodiyligi shuning uchunki, ishlab chiqarish va boshqarish 
jarayonini amalga oshirish natijasida jamiyat a’zolari tomonidan iste’mol
 
qilinadigan moddiy ne’matlar, yalpi jamiyat mahsuloti yaratiladi). «Boshqacha 
qilib aytadigan bo’lsak, iqtisodiy tizim jamiyat aholi ehtiyojlarini qondirish uchun 
o’z tasarrufida
 
bo’lgan resurslarni ishlab chiqarish va tahsimlangani kabi usulga 
ega»
1
. Zamonaviy jamiyatga ma’lum bulgan hamma iqtisodiy tizimlar asosida bir 
xil fundamental savollar yotadi: jamiyat ehtiyojlarini qondi-rish uchun cheklangan 
resurslardan qanday foydalanish kerak, qanday tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarilishi kerak, ularni kim ishlab chiqaradi, bu tovar va xizmatlar jamiyat 
a’zolari o’rtasida qanday tahsimlanadi. 
Ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan bir qatorda inson resurslaridan 
foydalanish, jamiyat a’zolariga qanday yashash darajasi taqdim etilgani, 
jamiyatning ijodiy kuchlari qay yo’sinda amalga oshirishi bilan xarakterlanadi. 
Jamiyat hayotining turli tashkilotlari orasidagi farq-larni namoyon qilishning 
eng yaxshi usuli - ular individlarga ishlab chiqarish omillarini egallash va amalga 
oshirishlari uchun beradigan erkinlik darajasini solishtirish. 
Har qanday tizim elementlar yig’indisidir. Element - har doim tizimning 
tuzilmaviy qismi (masalan, korxona - birlashgan ishlab chiqarish tizimi elementi
shu bilan birga korxonaning o’zi elementlarning - tsexlar va xizmatlarning 
murakkab yig’indisini tashkil etadi). 
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar. Har bir ijti-moiy tizim o’zaro 
bog’liq mustaqil ikki tizimchadan iborat: boshqaruvchi va boshqariluvchi. Moddiy 


64 
va ma’naviy ne’matlar yaratish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonini bevosita 
ta’min-lovchi barcha elementlar boshqariluvchi tizimchaga kiradi. Bosh-qaruvchi 
tizimchaga boshqaruv tizimida band bo’lgan odamlar jamoasiga maqsadli ta’sir 
etish, ya’ni boshqarish jarayonini ta’minlovchi barcha elementlar kiradi. 
Boshqaruvning tashkiliy tuzulmasi boshqaruvchi tizimning asosiy elementi 
hisoblanadi. 
Aytib o’tilgan tizimchalardan har biri o’z hususiyatlarga ega. Ijtimoiy tizimda 
va uning yirik qismlarida (boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalarda) o’ziga 
xos kichik darajadagi tizim-larni tashkil etuvchi elementlar guruhlari ko’rinadi: 
texnik, texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy. 
Texnik tizim turli alohida uskunalar yig’indisidan iborat bo’lgan alohida 
texnik vositalarning birikmasidan iborat. Masalan, ijtimoiy iqtisodiy tizimlarda u 
korxona, tashkilot, sohaning ishlab chiqarish quvvatini ifodalaydi. Uning 
yordamida odamlar moddiy ishlab qikarish jarayonida belgilangan sifatda va 
ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishlari mumkin. 
Texnologik tizim moddiy yoki ma’naviy ishlab chiqarish-ning bosqichlar va 
jarayonlar bo’linishiga asoslanadi. Mazkur tizim moddiy yoki ma’naviy ishlab 
chiqarish jarayoni va ularni boshqarishda operatsiyalar ketma-ketligini aniqlovchi 
qoida va me’yorlar yig’indisidan iborat.
Tashkiliy tizim boshqaruv tuzulmasi, mos keluvchi holatlar va 
instruktsiyalarni ishlab chiqish yordamida texnik vositalar, mehnat qurollari, 
axborot, maydonlar va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. 
Iqtisodiy tizim ho’jalik va moliyaviy jarayonlar va aloqalar birligini bildiradi. 
Ijtimoiy tizim odamlar va ijtimoiy guruhlarning birgalikdagi faoliyati natijasida 
hosil bo’ladigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat. Aynan ijtimoiy tizim 
iqtisodiy tizim bilan birgalikda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, jamiyat 
siyosati maqsadlarini aniqlaydi, ularni tashkil etish tamoyillari va usullarini 
shakllantiradi.
Barcha tizimlar - texnik, texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy - o’zaro 
bog’liq. O’zining birgaligi bilan ular yagona organizmni tashkil qiladi. Bunda 
texnik, texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda boshqaruvning tashkiliy - texnik 
tomonini, iqtisodiy va ijtimoiy tizim esa ijtimoiy - iqtisodiy tomonini ta’minlaydi 
va xarakterlaydi. 
Shunday qilib, ijtimoiy tizimlarni boshqarish daraja-sini xarakterlovchi har 
bir bo’g’in bir-biri bilan aloqada va bog’liklikda bo’lgan boshqaruvchi va 
boshqariluvchi tizimchalardan iborat. Masalan, korxonalar xalq ho’jaligi 
tarmoqlarini bosh-qarish ierarxiyasining dastlabki bo’g’inlari hisoblanadi. Ular 
iqtisodiyot tuzilmasining bir qismini tashkil etadi va bir paytning o’zida zamonaviy 


65 
jamiyatning iqtisodiy tuzilmasini aniqlovchi xalq xo’jaligining asosiy 
bo’g’inlaridan biri. 
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasida aloqa axborot yordamida 
amalga oshiriladi. U boshqaruvchi tizimdan boshqariluvchi tizimga bajarish uchun 
keladigan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Har bir ijtimoiy tizim o’z-o’zini boshqara oladi. Bir vaqtning o’zida 
boshqaruv jarayonida u tashqi ta’sirga uchraydi. Har qanday tizimdagi tashqi va 
ichki ta’sirlar o’zaro uzviy bog’lik va o’zaro bir-birini taqazo etadi: biri qanchalik 
muhim bo’lsa, boshqasining roli shunchalik kam bo’ladi. 
Ijtimoiy tizimning faoliyati va rivojlanishi bosh maq-sadga bo’ysundirilgan. 
Ilmiy ijtimoiy menejmentning xarakterli jihatlari bo’lib ijtimoiy qonunlar, 
boshqaruv qonuniyatlarini bilish va ulardan foydalanish, boshqaruv ta’siri 
jarayonining tizimligi va uzluksizligini ta’minlash, boshqariluvchi obyektlar va 
boshqaruv sub’ektlarini modellashtirish, xodisalarni sifat va miqdor jihatdan 
baholash, davlat, ho’jalik va ijtimoiy menejmentning o’zaro aloqadorligi va 
hamkorligi hisoblanadi. 
Shunday qilib, ijtimoiy menejment nazariyasi ijtimoiy jarayonlar va 
xodisalarni jamiyat jarayonlarini boshqarish sohasiga kirib kelishi tamoyillari, 
qonunlari va qonuniyat-larini o’rnatadi. 
Ijtimoiy tizimlarning o’z-o’zini tashkil etish jarayonlari. Ijtimoiy 
tizimlarning vaqt va makonda o’z-o’zini tashkil etishi uchun quyidagi sharoitlar 
zarur: 1) tizimga ma’lum oqimlar kirishi va chiqishi uchun tizimning ochiqligi 
(energiya va resurslarning tabiiy manbalari, kapital, tovar, inson resurslarining 
olmashuvchan oqimlari); 2) ijtimoiy tizim turli qismlarining egri chiziqli 
xamqorligi; 3) ehtimollik elemen-tining mavjudligi (masalan, tabiiy xodisalar 
ehtimolligi, ilmiy-texnik tadqiqotlar va ularni qo’llashdagi oqibatlar ehtimolligi va 
h.k.); 4) tizim parametlari diapazonining aniqligi. 
O’z-o’zini tashkil etish g’oyasi xech qachon boshqaruv g’oyasiga qarshi 
emas. Chunki, agar yuqorida sanab o’tilgan shartlardan xech bo’lmasa biri 
o’zgarsa o’z-o’zini tashkil etish xulqining sifati, yo’li va natijasi har doim 
o’zgacha bo’ladi. Boshqaruvchi sub’ekt bo’lib huquq normalari (qonunlar) va turli 
ijtimoiy axborot «oqimlari»ni nazorat qilish orqali bosh boshqaruv ta’sirini 
amalga oshiruvchi jamiyatning rahbar qismi chiqishi mumkin. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin