67
odamlar faoliyatida namoyon bo’ladi. Boshqaruvchi tizim odamlar mehnatini
birlash-tirib, maqsadni aniqlash, uni amalga oshirish yo’llarini qidirish, erishilgan
natijalarni baholashda namoyon bo’ladigan ijtimoiy va iqtisodiy qonunlar
talablariga qat’iy rioya qilishi kerak. Masalan, asosiy ijtimoiy qonunlarga ijtimoiy
rivojlanish qonunlari, ijtimoiy stratifikatsiya qonunlari va boshqalar kiradi.
«Qonun» tushunchasi ham, «qonuniyat» tushunchasi tegishli bo’lgan guruhga
kiradi.
Ham qonun, ham qonuniyatlar o’rganilayotgan hodisalar o’rtasidagi
umumiy va kerakli aloqalarni o’rnatadi. Menejment nazariyasida «qonuniyat»
tushunchasi qonunning nazariy tadqiqot boshidagi dastlabki shakli sifatida
qaraladi.
Ijtimoiy menejmentning asosiy qonunlariga quyidagilar kiradi:
- jamiyat rivojlanishining madaniy, siyosiy va iqtisodiy omillar bilan
shartlashtirilgan ijtimoiy boshqaruv tizimining birligi.
Bu uzluksiz boshqaruv
munosabatlari zanjirida menejmentning asosiy funktsiya va uslublari qorishmasida
namoyon bo’ladi;
- ijtimoiy tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim-chalari nisbati. Bu
shu tizimchalarning samarali amalga oshishini ta’minlash maqsadida ular orasidagi
oqilona nisbatni nazarda tutadi;
- ijtimoiy boshqaruv funktsiyalari markazlashuvida optimal munosabat.
Boshqaruvning markazlashish darajasi jamiyat rivojlanishi jarayonida o’zgaradi va
bu o’zgarish ijtimoiy boshqaruv qonuni hisoblanadi. Jamiyat rivojlani-shining har
bir bosqichi uchun markazlashishning o’z maqbul darajasi bo’lishi kerak;
- aholi turli qatlamlarining ijtimoiy boshqaruv, uning samaradorligi va
ma’suliyatini oshirishda ishtirok etishi. Chunki moddiy va ma’naviy ne’matlarning
jamiyat ishlab chiqa-rishi aholi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga bo’ysundirilgan.
Ijtimoiy menejment tamoyillari deganda jamiyatda o’rna-tilgan ijtimoiy
sharoitlarda boshqaruv organlari
rahbarlik qiladigan qonunlar, asosiy holatlar va
xulq me’yorlari tushuniladi. Ular ijtimoiy boshqaruv tizimi, tuzilmasi, jarayoni va
mexanizmiga talablarni qo’yadi. Xususan, ijtimoiy boshqaruv tamoyillari - bu
boshqaruv munosabatlari rivoj-lanishi qonunlarini aks ettiruvchi rahbarlik
g’oyalari. Tamo-yillar, qonunlar va qonuniyatlar o’zaro aloqasini quyidagi ketma-
ketlikda ko’rish mumkin: ijtimoiy rivojlanish qonunlari
- ijtimoiy rivojlanishning
mos davrdagi ijtimoiy qonunlar - ijtimoiy boshqaruv qonun va qonuniyatlari -
ijtimoiy boshqaruv tamoyillari. Ijtimoiy boshqaruv tamoyillari va usullari
o’rtasidagi farq shundaki, boshqaruv tamoyillari tanlanmaydi, ularga amal qilinadi.
Tamoyil usullar tizimini shakllantirish va har bir usulni alohida tanlab olish
imkonini beradi.
Shunday qilib, ijtimoiy menejment tamoyillari quyidagicha bo’lishi kerak:
Jamiyat
rivojlanish qonunlari, uning ijtimoiy qonunlari va menejment
68
qonunlarida asoslangan bo’lishi;
Ijtimoiy menejment maqsadlariga mos kelishi, menej-mentning asosiy
xususiyatlari, aloqa va munosabatlarini aks ettirishi;
Ijtimoiy boshqaruv jarayonlarining vaqtinchalik
va hududiy jixatlarini
hisobga olishi;
Huquqiy rasmiylikka ega bo’lishi, ya’ni turli me’yoriy xujjatlarda
mustahkamlangan bo’lishi.
Ijtimoiy menejmentning asosiy tamoyillari quyidagilar:
- qaror qabul qilishda birlik va uni muhokama qilishda jamoaviylik tamoyili;
- davlat - ma’muriy, ho’jalik va ijtimoiy - madaniy menejmentning birdamlik
tamoyili;
- soha va hududiy ijtimoiy boshqaruvning aralashma tamoyili;
- ijtimoiy boshqaruvni ilmiyligi tamoyili;
- ijtimoiy boshqaruvni bashorat qilish tamoyili;
- mehnatni rag’batlantirish tamoyili;
- ijtimoiy boshqaruv natijalari uchun ma’suliyat tamoyili;
-
kadrlarni oqilona tanlash, ularni tayyorlash, joylashti-rish va ishlatish
tamoyili;
- boshqaruvning tejamkorlik va samaradoodiy timoyili;
- tizimlilik tamoyili;
- ierarxlik tamoyili;
- zaruriy turli-tumanlik tamoyili;
- qaytma aloqaning majburiyligi tamoyili.
Boshqaruvning bu tamoyillari ijtimoiy boshqaruv va jamiyat jarayonlarining
rivojlanishi natijasida o’zgarib boradi. Ijtimoiy boshqaruvning tamoyillari butunlay
yo’qolib ketmaydi, chunki bu tamoyillar menejment tamoyillari bilan ifodalanadi.
Qisqa
xulosalar
Ijtimoiy menejmentda boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarining birligi va
farqi. Ijtimoiy menejment qonunlari moxiyati va xususiyatlari. Ijtimoiy tizimlarda
o’zini - o’zi tashkil qilish jarayonlari. Ijtimoiy menejment muammolarini
o’rganishda turli xil yondashuvlar. Ijtimoiy menejment tamoyillari. Ijtimoiy
menejment tamoyillari tizimi.
Dostları ilə paylaş: