Intensiv ish haftasi, o’zgaruvchan vaqt va ishni bo’lishish. Buyuk
Britaniyadagi so’nggi iqtisodiy inqiroz vaqtida KPMG auditorlik kompaniyasi o’z
xarajatlarini qisqartirishiga to’g’ri keldi. Buning uchun esa kompaniya
o’zgaruvchan ish vaqtlarini joriy qilishni taklif etdi. Kompaniyaning Flexible
Futures dasturi ishchilarga quyidagi variantlardan birini tanlashni taklif qildi: 20
foiz kamroq ish haqi bilan haftasiga 4 kun ishlash, 2 haftadan 12 haftagicha ish
haqining 30 foizini olish bilan mehnat ta’tiliga chiqish; bu variantlarning har
ikkisi; yoki o’zlarining doimiy ish tartiblarini saqlab qolish. Britaniyaning 85 dan
ko’proq ishchilari haftadagi ish kunlarini qisqartirishga rozidirlar. “Ko’plab
ishchilar o’zgaruvchan ish vaqtlarini
tanlaganligi tufayli, KPMG kompaniyasi
ish haqi uchun harajatlarni 10 gacha
qisqartirishga
muvaffaq
bo’ldi”.
Natijalarning eng yaxshisi shu bo’ldiki,
KPMG ishchilarni ishdan bo’shatishiga
to’g’ri kelmadi
12
.
KPMG kompaniyasi o’zining audit,
soliq va konsultativ xizmatlar ko’rsatuvchi
firmasi orqali o’zgaruvchan ish vaqtlarini
butun dunyoga tarqatdi. Kompaniyaning
Britaniyadagi ishchilari qisqartirilgan ish
haftasi, ishni bo’lishish, uydan turib
ishlash sharoitini ma’qul ko’rishadi. Olib
borilgan tadqiqotlarga ko’ra, hozirda
o’zgaruvchan ish vaqtlarini taklif qilish
juda muhimdir, chunki bunda ishchilar
o’zlarining ishi va shaxsiy hayotini bir
muvozanatga keltirib oladilar. Ishchilar o’z
erkini taqdim qilgan holda, kompaniya eng
yaxshi
mutaxassislarni
saralab
olish
imkoniyatiga ega bo’ldi.
Mazkur misolda ko’rsatilganidek, ba’zi hollarda tashkilotlarda ishchilarning
ish vaqtlarini o’zgartirish ehtiyoji tug’ulib qoladi. Bunday yondashuvning bir
echimi