Maxsus qo’mita. Tashqilotlar
foydalanishi mumkin bo’lgan yana bir
boshqaruv turi bu maxsus qo’mitadir, bunda
ishchilar bir necha bo’limlarga ta’sir
qilayotgan
qisqa
muddatli
muammoni
yechish uchun vaqtinchalik qo’mitalarga
birlashadilar.Bunday jamoalarning vaqtinchalik tuzilishi ularni turli funktsiyali
jamoalardan farqlantirib turuvchi asosiy xususiyatidir. Bunday jamoadagi ishchilar
nafaqat jamoa oldiga qo’yilgan vazifani, balki o’zlarining kundalik vazifasini ham
bajarish imkoniyatiga ega bo’ladilar
8
. Shunga qaramasdan, bunday ishchilar
maxsus qo’mita ichida o’zlariga aloqasi bo’lmagan vazifalarni bajarishlariga
to’g’ri keladi. Vazifalar bajarilganidan so’ng esa, maxsus qo’mitaning keragi
bo’lmay qoladi va ishchilar o’zlarining kundalik vazifalarini bajarish uchun
tarqalishadi. Davlat idoralaridan tortib universitetlargacha, ko’pchilik tashkilotlar
maxsus qo’mitalardan foydalanishadi. Masalan, San-Frantsisko shahrida
joylashgan Eichstaedt&Devereaux buxgalteriya firmasida ishchilarning maxsus
qo’mitasi rekruting, mentoring va trening dasturlarini ishlab chiqishga yordam
berdi.PepsiCo kompaniyasining sho’’basi Frito-Lay kompaniyasidagi resurs guruhi
ishchilarini o’z ichiga olgan maxsus qo’mita kartoshka va tortilya chipslarini ishlab
chiqarishga xissa qo’shishdi.
Amaliyot jamoasi. 2008-yil boshlarida, Afg’oniston va Iroq armiyasida
hizmat qilayotgan amerika askarlari roketaga bog’langan granatalardan
foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelishayotgan edi.Bundan xavotirga tushgan
komandir esa AQSh armiyasining onlayn forumiga savol qoldirdi. Bir necha
kundan so’ng, bunday granatadan foydalanishda o’sha qiyinchiliklarni boshdan
kechirgan bir askar uni qanday qilib to’g’ri ishlatish mumkinligini yozib qoldirdi.
Muammo
echildi!
Ichki
hamkorlikning
bunday
turlari
amaliyot jamoalari deb ataladi.
Bunda qaysidir sohada tajribasi va
ko’nikmalari bo’lgan mutaxassislar
guruhi aynan mana shu sohada
qiyinchiliklarga duch kelayotgan
ishchilar bilan o’zlarining fikrlarini
bo’lishadilar.Masalan,
Xerox
kompaniyasidagi
tadqiqotchi
texniklar o’zlarining tajribalarini
8
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 290-2959-bet.