«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
Internet saytlari 
 
http//www.cer.uz “
Экономическое обозрение” jurnalining sayti
http//www.google.com “
Ma’lumotlar qidiruv sayti” 
http//www.uza.uz “
O’zbekiston axborot agentligi” sayti
http//www.stat.uz 
Davlat Statistika qo’mitasining sayti
http//www.mf.uz 
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
 
 
 
 
 


373 
Tarqatma materiallar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


374 
1
 
mavzu bo’yicha tarqatma material
“Obod turmush yili” Davlat dasturidan o’rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalar. 
2011 yilning yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
“BMT Mingyillik maqsadlarini O’zbekistonda amalga oshirish bo’yicha 
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” maxsus qaror qabul qildi. Unda 
O’zbekistonda BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga muvofiq aholi 
turmush darajasi va sifatini izchillik bilan yuksaltirish uchun zarur bo’lgan 
qo’shimcha choralarni amalga oshirish maqsadida vazirliklar, idoralar, markaziy 
va mahalliy hokimiyat organlarining mamlakatda inson salohiyatining muttasil 
rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan kompleks harakat dasturi belgilangan
34

Inson taraqqiyoti kontseptsiyasiga ko’ra, jamiyatning rivojlanishi markazida 
faqat oddiy iqtisodiy ko’rsatkichlar emas, balki avvalo, inson turishi kerak. 
Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni – 
odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume’tirof 
etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatliroq 
qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir. 
Prezidentimiz - 2013 yilni mamlakatimizda “Obod turmush yili” deb e’lon 
qilishni taklif etar ekan, “ana shu yo’nalishda boshlagan ishlarimizni izchil davom 
ettirish, ularni yangi, yuksak bosqichga ko’tarishni asosiy maqsad deb bilamiz”, 
deya ta’kidladi.
2013 yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va 
stipendiyalar miqdorini o’rtacha 23 foizdan kam bo’lmagan darajada oshirish, 
2013 yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida 1,5 barobar 
ko’paytirish vazifasi qo’yilmoqda. 
“Obod turmush yili” davlat dasturini ishlab chiqishda eng avvalo 
mahallalarda, ko’p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro tomonidan 
tinchlik va osudalikning qadriga etish, uni munosib himoya qilish ko’nikmalarini 
shakllantirish, tinchlik uchun kurashishga oliy burch sifatida qarash kabi 
qadriyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratish zarur 
bo’ladi.
Obod turmushning yana bir muhim sharti – bu inson salomatligini 
mustahkamlash bilan bog’liq. Aholi salomatligi borgan sari yuqori darajadagi 
ijtimoiy rivojlanishning integratsiyalashgan ko’rsatkichiga aylanib bormoqda. Shu 
munosabat bilan aholining salomatligini mustahkamlash, sog’liqni saqlash 
muassasalarining profilaktika, ya’ni kasalliklarning oldini olish borasidagi 
faoliyatining samaradorligini oshirish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb 
etadi.
34
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 yanvardagi “O‘zbekistonda BMTning Mingyillik 
rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 21-sonli qarori. // 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2011 yil. 4-5-son. 35-modda.


375 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin