410
14-mavzu bo’yicha tarqatma material
Mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini rivojlantirishning oddiy bo’lgan
faqat tepadan qarash usuli, o’zini oqlamadi. Shu narsa ma’lum bo’ldiki, mahalliy
xalq o’z muammolarini
echishga jalb qilinishi kerak, buning uchun, ularga
hokimiyat vakolatlarini moddiy va moliyaviy resurslarni berish zarur. Bu holat
ularda mahalliy xo’jalikni rivojlantirishda boshqa bir
printsipial motivatsiyani
uyg’otadi, mavjud tabiiy va intellektual resurslardan foydalanishda ratsional
yo’llarni topish mahalliy yashovchilarni oxir oqibat o’zlarini ijtimoiy extiyojlari
uchun aktiv pul ishlab topish yo’liga o’tishga undaydi. Bozor iqtisodiyotni
rivojlantirish orqali zamonaviy ijtimoiy infrastrukturani tashkil qilish kerak.
Strategiya - krizisga qarshi boshqaruvning zamonaviy resursi.
Strategiya
(grekcha strategia. strotos voysko + ago- olib boraman) - umuman urush va
kompaniyalarda olib boriladigan juda katta operatsiyalar san’atidir. Hozirgi vaqtda
«strategiya» so’zi tagida boshqaruv hamda jamiyat muammolarini echish bilan
bog’liq boshqaruv san’ati tushuniladi. Rivojlanish strategiyasi jamiyat doktrinasi
va davlat siyosati bilan juda bog’liqdir. Siyosiy maqsadlarda
strategiya ularning
bajarilishini, jamiyat hayotining turli sohalarida optimal natijalarga erishish
texnologiyasi ishlab chiqishni ta’minlab beradi. Shuning uchun jamiyat taraqqiy
etishi bilan shaxsiy strategiyalar vujudga keladi. Bular: iqtisodiy,
ijtimoiy
moliyaviy, pul-kredit, huquqiy, ma’naviy.
Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish asosida mahalliy o’z-o’zini boshqaruv
organlarini samaradorligini oshirish texnologiyalari juda keng qo’llanilmoqda.
Ijtimoiy texnologiyalar va o’z-o’zini boshqarish organlari akademiyasi
mutahassislari «SEPIN» fondi ekspertlari bilan birgalikda o’nlab innovatsiya
mashg’ulotlari o’tkazishdi. Innovatsion texnologiyalar asta-sekin mahalliy o’z-
o’zini boshqaruv tashkilotlarida eskitdan qolgan o’y fikrlardan qutilish yo’llarini
aniqlaydi. Ular quyidagilarga olib kelishi mumkin