13-mavzu bo’yicha tarqatma material Menejer- bu maxsus tayyorgarlik ko‘rgan boshqarishning sir-asrorlari
qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxasisdir. Menejerlar yollanma
boshqaruvchilar bo‘lib aholining alohida ijtimoiy katlamini tashkil etadi.
Kompaniya firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya
hokimiyatga ega bo‘lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy
boshqaruvchi kabilarning barchasi ham
menejerlar deb yuritiladi.
Boshqaruv pog‘onasiga qarab menejerlar ham uch toifaga bo‘linadi.
*
Yuqori pog‘onadagi menejerlar.
*
O‘rta pog‘onadagi menejerlar.
*
Quyi pog‘onadagi menejerlar.
Yuqori pog‘onadagi menejerlar firma istikbolini belgilash uning kelajagi
uchun ahamiyatli chora tadbirlarni ishlab chikish bilan shugullanadi. Bir suz bilan
aytganda firma andozasini ishlab chikadi vauni amalga oshiradi.
O’rta pog‘onadagi menejerlar firma faoliyatining ayrim tomonlarini,
chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati
yangi tovarlarni o‘zlashtirish texnologiyani qo‘llash mehnatni tashkil etish
kabilarni boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Quyi pog‘onadagi menejerlar quyi bo‘g‘inda, masalan, tsex bo‘lim brigada
doirasida ishni tashkil etish, kunlik, xaftalik, oylik ish topshiriqlarining
bajarilishini boshqarib boradi.
To‘g‘ri, korxonani boshqarish mulk egasining vazifasi deyishimiz mumkin.
Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo‘lish shart emas. Shu xususdan orkestrni
boshqaruvchi direjer musiqa asboblarining egasi bo‘lmasa ham uz ishini
qilaverishini eslash o‘rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o‘zi yoki
yollangan ammo mulkdor nomidan ish quruvchi menejer bajaradi.