155
Boshlovchi
barcha vazifalarni o’ziga oladi – munozara bosqichlarini boshqarish,
javoblarning asoslanishi va to’g’riligini
tasdiqlash, qo’llangan termin va tushunchalarning
aniqlash, munosabatlarni to’g’ri qo’llash va boshqalar. Taqdimotlarning taqsimotini to’g’ri
boshqarish.
Taqrizchi
– tomonlarning ma’ruzalarini yo’nalishlar bo’yicha belgilash va to’liq
xarakterda baholash: dolzarbligi,
ilmiy jihati, mantiqiyligi va masalalarning aniq qo’yilganligi,
xulosalarning aniq ko’rsatilishi.
Raqib
– qabul qilingan tadqiqot o’rtasida raqobatchilik jarayonini shakllantiradi. U
faqatgina ma’ruzachining asosiy holatini tanqid qilish emas, shu bilan birgalikda, uning aytgan
fikrlaridan zaif yoki hato tomonlarini topish hamda o’zining hal qiluvchi fikrlarini taklif qilishi
ham mumkin.
Ekspert
– barcha munozaralarning,
jumladan, munozara qatnashchilari tomonidan
aytilgan
fikrlarning, qilingan xulosalarning, taklif va gipotezalarning maxsuldorligini baholaydi.
Munozara reglamentini o’tkazish tartibi
1.
Boshlovchi ma’ruza mavzusi va ma’ruzachilarning taqdimotlarini e’lon qiladi.
2.
Ma’ruza 5 minut davom etadi.
3.
Taqriz – 2 minut.
4.
Raqib – ma’ruza mavzusi bo’yicha fikrlarini 1-3 minut taqdim etadi.
5.
Jamoaviy muhokama – 5-10 minut.
Dostları ilə paylaş: