«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
1-ilova. 
 
Munozara qatnashchilariga eslatma 
1.
Munozara munosabatlar yig’indisi emas, balki muammo echimi uslubiyatidan iborat; 
2.
Ko’p gapirmasdan boshqalarning so’zlashiga imkon ber. 
3.
Maqsadga erishish yo’lida xissiyotlarinni jilovlab, batafsil o’ylagan holda so’zla. 
4.
Raqiblaring vaziyatini o’rganib, ularga xurmat bilan murojaat qil; 
5.
Raqiblaring tomonidan aytilgan fikrlarga tanqidiy va istehzoli yondash; 
6.
Munozara predmeti bo’yicha chetga chiqmagan holda to’g’ri yondashib gapir.
 
Muammoli Amaliyning boshqaruv dastaklari 
Boshlovchi
barcha vazifalarni o’ziga oladi – munozara bosqichlarini boshqarish, 
javoblarning asoslanishi va to’g’riligini tasdiqlash, qo’llangan termin va tushunchalarning 
aniqlash, munosabatlarni to’g’ri qo’llash va boshqalar. Taqdimotlarning taqsimotini to’g’ri 


243 
boshqarish. 
Taqrizchi
– tomonlarning ma’ruzalarini yo’nalishlar bo’yicha belgilash va to’liq xarakterda 
baholash: dolzarbligi, ilmiy jihati, mantiqiyligi va masalalarning aniq qo’yilganligi, xulosalarning 
aniq ko’rsatilishi. 
Raqib
– qabul qilingan tadqiqot o’rtasida raqobatchilik jarayonini shakllantiradi. U 
faqatgina ma’ruzachining asosiy holatini tanqid qilish emas, shu bilan birgalikda, uning aytgan 
fikrlaridan zaif yoki hato tomonlarini topish hamda o’zining hal qiluvchi fikrlarini taklif qilishi 
ham mumkin. 
Ekspert
– barcha munozaralarning, jumladan, munozara qatnashchilari tomonidan aytilgan 
fikrlarning, qilingan xulosalarning, taklif va gipotezalarning maxsuldorligini baholaydi.
 
Munozara reglamentini o’tkazish tartibi 
1.
Boshlovchi ma’ruza mavzusi va ma’ruzachilarning taqdimotlarin e’lon qiladi. 
2.
Ma’ruza 5 minut davom etadi. 
3.
Taqrizchi – 2 minut. 
4.
Raqib – ma’ruza mavzusi bo’yicha fikrlarini 1-3 minut taqdim etadi. 
5.
Jamoaviy muhokama – 5-10 minut.

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin