301
yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni to’liqsiz ish vaqtida haq evaziga
bajarayotgan, shuningdek haq to’lanadigan
boshqa ishga, shu jumladan
vaqtinchalik ishga ega bo’lgan fuqarolar;
betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta tayyorlashda,
malaka oshirishda
ekanligi, ishlab chiqarishning to’xtatib qo’yilganligi munosabati bilan, shuningdek
qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyi saqlanib turadigan boshqa hollarda
vaqtincha ish joyida bo’lmagan fuqarolar;
o’zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan yuridik shaxs
tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan fuqarolar,
kooperativlarning a’zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda
qatnashayotgan
oila a’zolari;
Qurolli Kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari va
qo’shinlarida xizmatni o’tayotgan shuningdek muqobil xizmatni o’tayotgan
fuqarolar;
ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab
chiqarishdan ajralgan
holda ta’lim olayotgan fuqarolar;
qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va
diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar
33
.
5. Ishsizlar deb kimlarga aytiladi va uning darajasi qanday aniqlanadi?
Ishsiz deb rasmiy ravishda ish bilan band bo’lmagan, lekin ishlashni
xohlaydigan va ishni faol izlaydigan mehnatga layoqatli kishi tan olinadi.
Ishsiz
maqomini olish uchun bandlikka ko’maklashuvchi markazlardan ro’yxatdan o’tish
lozim. Ro’yxatdan o’tgan kishilargina ishlashni xohlaydigan va ishni faol
izlaydigan ishsiz deb rasman tan olinadi.
Ishsizlik darajasi – mehnat bozorining hozirgi paytdagi ahvoli haqida va unda
muayyan vaqt mobaynida ro’y bergan o’zgarishlar to’\risida tasavvur beradigan
asosiy ko’rsatkichdir.
Ishsizlik darajasi (N) davrning boshi (yoki oxiri)dagi ahvolga ko’ra
tegishli
sanada ishsizlik maqomiga ega bo’lgan kishilar sonining (I) ana shu sanadagi
iqtisodiy faol aholi soniga (F) nisbati sifatida aniqlanadi:
I=I/F*100%
Ishsizlik darajasi ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishning
eng muhim ijtimoiy omillaridan biri sifatida qaraladi.
Dostları ilə paylaş: