«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Boshqaruv kadrlarini guruhlarga bo’linishi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

9.4.Boshqaruv kadrlarini guruhlarga bo’linishi 
Boshqaruv kadrlariga boshqaruv funktsiyalarini amalga oshiruvchi yoki 
ularni amalga oshishiga ko’maklashuvchi ishlovchilar, ya’ni boshqaruv jarayonida 
ishtirok etuvchi va boshqaruv apparatiga kiruvchi xodimlar kiradi. 
Boshqaruv kadrlarining turli tafsiflari mavjud: lavozim buyrug’i bo’yicha, 
boshqaruv ierarxiyasidagi darajalar (pog’onalar) bo’yicha, maxsus malakasi 
bo’yicha, ishlab chiqarish sohalari bo’yicha va h.k. Lekin bazaviy tasnif bo’lib 
ishlovchilarning qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish jarayonidagi tasnifi 
hisoblanadi. Bu belgi bo’yicha boshqaruv kadrlari uch katta guruhga bo’linadi: 
rahbarlar, mutahassislar va yordamchi personal.
Rahbarlar
- jamoaga boshchilik qiluvchi, butun boshqaruv apparati va uning 
alohida bo’g’inlari ishini yo’naltiruvchi ko’yilgan vazifalar va maqsadlarga 
erishish bo’yicha jamoa faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi hodimlar. 
Rahbarlar chiziqli va funktsional turlarga bo’linadi. 
Chiziqli rahbarlar
 

tashkilotning yoki uning alohida tashkiliy rasmiy-lashtirilgan qismi holati va 
rivojlanishi uchun mas’ul, hamjixatlik asosida xarakat qiluvchi shaxslar. 
Funktsional rahbarlarga
boshqaruv tizimida ma’lum funktsional ish qismi uchun 
mas’ul va boshqaruvning aniq funktsiyalarini amalga oshiruvchi bo’linmalarga 
boshchilik qiluvchi shaxslar kiradi. Rahbarlar shuningdek boshqaruv darajalari 
bo’yicha ham tasniflanadi. Masalan, chiziqli rahbarlar bo’lib quyi (tsexlar, 
uchastkalar boshliqlari, masterlar), o’rta (korpuslar boshliqlari, korxonalar 
direktorlari, uyushmalarning bosh mutaxassislari) va yuqori (vazirlar, qo’mitalar 
raislari) bo’g’inlar rahbarlari hisoblanadi. 
Mutaxassislar 
- bu maxsuslashtirilgan xodimlar bo’lib, ular mavjud bo’lgan 
axborotlar asosida ishlab chiqarish va boshqaruv xarakteridagi masalalarini hal 
qilish variantlarini ishlab chiqadilar. Boshqaruv mutaxassislari boshqaruv 
funktsiya-larini va ularning kasbiy tayyorgarligi
 
bilan xarakterlanadi. Bosh 
mutaxassislar, etakchi mutaxassislar, turli kategoriya darajadagi mutaxassislar 
farqlanadi. Mutaxassislar guruhiga injenerlar, iqtisodchilar, buxgalterlar, 
huquqshunoslar, psixo-loglar va boshqalar kiradi. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin