9.4.Boshqaruv kadrlarini guruhlarga bo’linishi Boshqaruv kadrlariga boshqaruv funktsiyalarini amalga oshiruvchi yoki
ularni amalga oshishiga ko’maklashuvchi ishlovchilar, ya’ni boshqaruv jarayonida
ishtirok etuvchi va boshqaruv apparatiga kiruvchi xodimlar kiradi.
Boshqaruv kadrlarining turli tafsiflari mavjud: lavozim buyrug’i bo’yicha,
boshqaruv ierarxiyasidagi darajalar (pog’onalar) bo’yicha, maxsus malakasi
bo’yicha, ishlab chiqarish sohalari bo’yicha va h.k. Lekin bazaviy tasnif bo’lib
ishlovchilarning qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish jarayonidagi tasnifi
hisoblanadi. Bu belgi bo’yicha boshqaruv kadrlari uch katta guruhga bo’linadi:
rahbarlar, mutahassislar va yordamchi personal.
Rahbarlar - jamoaga boshchilik qiluvchi, butun boshqaruv apparati va uning
alohida bo’g’inlari ishini yo’naltiruvchi ko’yilgan vazifalar va maqsadlarga
erishish bo’yicha jamoa faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi hodimlar.
Rahbarlar chiziqli va funktsional turlarga bo’linadi.
Chiziqli rahbarlar -
tashkilotning yoki uning alohida tashkiliy rasmiy-lashtirilgan qismi holati va
rivojlanishi uchun mas’ul, hamjixatlik asosida xarakat qiluvchi shaxslar.
Funktsional rahbarlarga boshqaruv tizimida ma’lum funktsional ish qismi uchun
mas’ul va boshqaruvning aniq funktsiyalarini amalga oshiruvchi bo’linmalarga
boshchilik qiluvchi shaxslar kiradi. Rahbarlar shuningdek boshqaruv darajalari
bo’yicha ham tasniflanadi. Masalan, chiziqli rahbarlar bo’lib quyi (tsexlar,
uchastkalar boshliqlari, masterlar), o’rta (korpuslar boshliqlari, korxonalar
direktorlari, uyushmalarning bosh mutaxassislari) va yuqori (vazirlar, qo’mitalar
raislari) bo’g’inlar rahbarlari hisoblanadi.
Mutaxassislar - bu maxsuslashtirilgan xodimlar bo’lib, ular mavjud bo’lgan
axborotlar asosida ishlab chiqarish va boshqaruv xarakteridagi masalalarini hal
qilish variantlarini ishlab chiqadilar. Boshqaruv mutaxassislari boshqaruv
funktsiya-larini va ularning kasbiy tayyorgarligi
bilan xarakterlanadi. Bosh
mutaxassislar, etakchi mutaxassislar, turli kategoriya darajadagi mutaxassislar
farqlanadi. Mutaxassislar guruhiga injenerlar, iqtisodchilar, buxgalterlar,
huquqshunoslar, psixo-loglar va boshqalar kiradi.