loyiha strukturasidan foydalanishadi.Bunda ishchilar
muntazam ravishda loyihaning ustida ishlashlari mumkin. Matritsa strukturasidan
farqli o’laroq, ishchilar loyihani tugatganlaridan so’ng ular murojaat qilishi
mumkin bo’lgan formal bo’limlar mavjud emas. Aksincha, ishchilar o’zlarining
iqtidor va tajribalarini boshqa loyihalarda sinab ko’rishadi. Bundan tashqari,
bunday strukturada barcha ishlar ishchilar guruhlari tomonidan bajariladi. Masalan,
IDEO kompaniyasida loyiha jamoalari yig’ilishadi, tarqalishadi va yana boshqa
loyihalarni tashkillashtirish uchun yig’ilishadi.Ishchilar bunday guruhlarga
qo’shilishining sababi ularda kerakli tajriba va qobiliyatning borligidir. Loyiha
yakuniga etganidan so’ng esa, ular keyingi loyihaga o’tishadi.
Loyiha strukturalari anchayin o’zgaruvchan bo’lib, ular qaror qabul qilish
jarayonini sekinlashtiruvchi tashkiliyal ierarxiyasiz ishlaydi. Bu strukturada,
menejerlar murabbiy sifatida faoliyat yuritishadi.Bunda tashkiliy to’siqlar butkul
yo’qotiladi yoki ularning zararlari minimallashtiriladi va jamoalar o’zlarining
samarali ishlashlari uchun barcha kerakli resurslarga ega bo’ladilar.
To’siqsiz struktura. Yirik adron kollayderi 6 mlrd. dollarlik aylana uzunligi 27 kilometrlik,
Shveytsariyaning Jeneva shahri yonida 175 m chuqurlikda joylashgan
aktseleratordir
28
. “Atomlarni parchalash moslamasi shu qadar kattadirki, u haqdagi
qisqacha ma’lumotnomada 2900 ta avtorning nomi keltiriladi, 34 ta mamlakatdagi
olimlar uning ma’lumotlarini tahlil qilish uchun 100,000 ta kompyuterdan
foydalanishdi, u shu qadar nozikki, uning ustiga qush qo’nishi bilan u elektr
ta’minotidan uzilib qolishi mumkin”. Ammo kollayderning potentsialini to’liq
ishlatish uchun butun dunyo olimlari joy, tashkilot, mutaxassislik kabi to’siqlardan
voz kechib, yanada yuqoriroq maqsadlar uchun xarakat qilishlariga to’g’ri keldi.
Mana shunday yirik kollayderni ishga tushirish uchun foydalanilgan
strukturaviy tizim