9.3.Boshqaruv tuzilmasi Boshqaruv tuzilmasi ikki pog’onali va ko’p pog’onali bo’lishi mumkin. Agar
bo’g’inlar bir boshqaruv pog’onasida joylashgan bo’lsa, ularnining aloqasi
gorizontal xarakterga ega bo’ladi, agar boshqa-boshqa pog’onada bo’lsa, vertikal
bo’ladi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasida boshqaruv bo’g’inlari (organlari)
chiziqli va funktsionalga bo’linadi.
Chiziqli bo’g’inlar - bu obyektni bevosita
majmuaviy boshqarishni amalga oshiruvchi, ijtimoiy tuzimning ma’muriy
alohidalashgan bir qismi (tarmoq vazirliklari, korporatsiyalar, trestlar, uyushmalar,
korxonalar, tsexlar va h.k.).
Funktsional bo’g’inlar - boshqaruvning bir yoki bir
necha funktsiyalarini amalga oshiruvchi, boshqaruv appara-tining ma’muriy
alohidalashgan qismlaridan iborat (ko’mitalar, boshqarmalar, bo’limlar,
agentliklar, idoralar va h.k.).
Boshqaruv tashkiliy tuzilmalarining uch asosiy turi farq-lanadi: chiziqli,
funktsional va aralash: chiziqli - funktsional.
Boshqaruvning murakkab tizimlari egiluvchanligini ta’min-lash uchun
chiziqli-funktsional tuzilmalarga matritsali tuzilma ko’rinishidagi boshqaruvning
dasturiy-maqsadli shakllari kiri-tiladi: loyiha bo’yicha boshqarish, maxsulot
bo’yicha boshqarish, tekshiruv komissiyalari va h.k.
Oqilona boshqaruv tizimlarining shartlari yoki mezonlari sifatida quyidagilar
namoyon bo’ladi:
a) boshqaruv bo’g’inlarining uning funktsiyalariga mosligi;
b)
92
boshqaruv ierarxiyasida iloji boricha pog’onalar sonining kamligi;
v) har bir
pog’onada barcha zarur boshqaruv funktsiyalariga diqqatni qaratish;
g) funktsional
bo’g’inlarning funktsional tarmoqlarga moslashishi;