91
Tuzilma kategoriyasi qurish va tizimning ichki shaklini aks ettiradi.
Elementlari hamkorligini ta’minlovchi o’zaro aloqalar o’rnatilgan, ma’lum
maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan tizim tashkiliy hisoblanadi. Ma’lum
maqsadga erishish uchun amal qiluvchi turli elementlar, bo’g’inlar
va boshqaruv
pog’onalari tarkibini aks ettiruvchi tuzilma tashkiliy deyiladi.
Boshqaruv funktsiyalari va tuzilmasi - boshqaruv tizimini tashkil etishning
ikki o’zaro bog’liq tomonlaridir. Ular boshqaruv jarayoni mazmuni va shakli
sifatida namoyon bo’ladi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va uning rivojlanishi
mavjudligi butun tashkil etishning asosi hisoblanadi.
Tashkiliy tuzilmaning
shakllanish jarayoni birinchi navbatda boshqaruv apparatining u yoki bu
bo’linmalari tashkiliy mustahkamligini nazarda tutadi. Bunda boshqaruv
funktsiyalari boshqaruv organlari vazifalarini aniqlaydi.
Boshqaruv bo’g’ini qat’iy boshqaruv funktsiyalari bo’lgan alohidalashgan
yacheykadan iborat. Boshqaruv pog’onasi - boshqa-ruvning ma’lum
ierarxik
darajasidagi
boshqaruv
bo’g’inlari yig’indisidir. Boshqaruv tuzilmasida
boshqaruvchi tizim oydinlashadi, har bir bo’g’in, har bir pog’ona roli aniqlanadi,
boshqaruv jarayonidagi aloqalar ochiladi.
Dostları ilə paylaş: