«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Motivatsiya muhitini yaratish texnologiyalari



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
12.2.Motivatsiya muhitini yaratish texnologiyalari 
 
Innovatsiya muhitini yaratish texnologiyalari ikki bosqichni o’z ichiga oladi. 
Birinchi bosqich
-ob’ektiv o’zgarishlarni o’z ichiga oladi, ya’ni iqtisodiy 
o’zgarishlarni. 
Ikkinchi bosqich 
- odamlarni fikrlash doirasini o’zgarti-rish, boshqarishning 
innovatsion maqsadlarini belgilash kabi sub’ektiv o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. 
Bu ikki bosqich o’zaro uzviy bog’liq va shu bilan birga nisbatan mustaqildir. 
Innovatsion texnologiyalar juda tez sur’atlarda ishlab chiqilishi mumkin, lekin bu 
ikki bosqichning amalga oshish muddatlari o’rtasidagi farqning ortib ketishi yangi 
g’oyalarning talab qilinmay qolib ketishiga sabab bo’ladi. Bu muammoni baholash 
shuni ko’rsatadiki, yangi g’oyalarning talab qilinmasdan qolib ketish darajasi juda 
yuqori. Bu holat ayniqsa, Sobiq Ittifoq davlatlari va Rossiyada juda ayanchli 
ahvolda. Fan va intellektual qobiliyatning himoyalanmaganligi siyosiy 
boshqaruvchilarga noto’g’ri qarorlarini o’z vaqtida to’g’irlash imkonini bermaydi. 
Bu esa qarorlarni qabul qilishda mas’uliyatsizlikni vujudga keltiradi va mansabdor 
shaxslarning malakasiz va loqayd bo’lishiga sabab bo’ladi. Bunday holat bilimli 
boshqaruvdan mahrum bo’lgan jamiyatga juda qimmatga tushishi mumkin, chunki 
bunday jamiyat o’z maqsadiga turli inqirozlar va qonli to’qnashuvlar orqali 
erishishi mumkin. Barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim, sog’liqni-saqlash va 
ijtimoiy himoyaning uzoq muddatli dasturlariga ega. Bu dasturlar iqtisodiyotning 
barcha sohalarini qamrab olgan: masalan, AQShning bir yillik ijtimoiy soha 
xarajatlari trillion dollar atrofida. AQShda mingdan ortiq uzoq muddatli dasturlar 
ishlab chiqarilgan. Bu dasturlarning bajarilishi ijtimoiy sohada katta o’zgarishlarga 
sabab bo’ldi. 1979 yil Yaponiyada «jamiyat ravnaqining yapon modeli» ni qurish 
uchun etti yillik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan. 
Industrial davlatlarda rejalashtirish iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha 
yo’llanmalari bo’ycha mikro va makro darajada amalga oshiriladi. Masalan, 
faqatgina Yevropa Ittifoqi davlatlarida energiyani tejashga qaratilgan 600 dan ortiq 
dastur amal qilmoqda. Bu va boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarda resurslarni 
tejash siyosati amalga oshirilmoqda. Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda, 
hukumat resurs tejashning hukukiy yoki ma’muriy usullaridan foydlanadi.
Mamlakatda resurslardan oqilona foydalanmaslikning sababi, davlat dasturi 
emas, balki uni amalga oshirish mexanizmlarining byurokratlashganligi va 
markazlashganligidir, ba’zi hollarda xo’jalik mexanizmining o’rniga ma’muriy 


113 
tartibga solish usullari qo’llanilgan. Markaziy boshqaruv organlarining noto’g’ri 
rejalashtirishi natijasida yuzlab milliard so’m miqdoridagi moddiy-texnik, valyuta 
va tabiiy resurslar noto’g’ri sarflangan. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin