105
11-MAVZU. IJTIMOIY RESURSLAR, ULARNI AMALGA
OSHIRISH YO’LLARI
REJA:
11.1. Ijtimoiy resurs tushunchasi
11.2.Ijtimoiy resurslarning xususiyatlari
11.3.Motivatsion resurslarni aktivlashtirish
11.1. Ijtimoiy resurs tushunchasi
«
Resurs» tushunchasi 2 xil ma’noga ega:
kerak paytda ishlatiladigan zahiralar va vositalar;
ma’lum
bir vositaning chegaralangan imkoniyatlari (masalan, 1sutkada 24
soat zahira mavjud).
«Resurs» so’zi «zahira» so’zi bilan yaqin ma’noga ega bo’lib, ko’pchilik
hollarda sinonim sifatida ishlatiladi. «Zahira» so’zi lotincha «reserve»dan olingan
bo’lib, «saqlash» degan ma’noni bildiradi. Bu tushunchalarga yaqin bo’lgan
tushunchalardan yana biri «potentsial», ya’ni lotincha «potentia» - kuch degan
ma’noni bildiruvchi so’zdir. Bu tushuncha qo’llanilishi mumkin bo’lgan
barcha
imkoniyatlar yig’indisini bildiradi.
Ijtimoiy resurs shaxslar, ijtimoiy tashkilotlar va umuman jamiyatning ijodiy
kuch zahirasi bilan aniqlanadi. Insonlardagi bu energiya zahirasini ba’zi
olimlar
yadro energiyasi bilan tenglashtirishadi. Hozirgi
zamonning eng dolzarb
muammolaridan biri, mana shu zahiralarni yuzaga chiqarishdir.
Ijtimoiy menejerlar ijtimoiy resurslarni boshqarish va ularning sifat va
miqdorini o’lchash mexanizmlarini ishlab chiqishlari kerak. Shu maqsadda
ijtimoiy resurslar quyidagi-larga bo’lingan:
1)
Motivatsion; 2) Intellektual; 3) Informatsion; 4) Kommu-nikativ; 5)
Ijtimoiy-psixologik; 6) Bellashuvli; 7)
Demografik; 8) Ijtimoiy-ekologik; 9)
Faoliyatli; 10) Innovatsion; 11)
Strate-gik; 12) Hodimlararo; 13) Tashkiliy; 14)
Boshqaruv; 15) Ilmiy.
Dostları ilə paylaş: