Motivatsion resurslarni aktivlashtirish uchun innovatsion texnologiyalardan
foydalanish zarur:
a) odamlarning mulkka bo’lgan munosabatini o’zgartirish;
b) xalqning mahalliy boshqaruv organlariga bo’lgan ishon-chini oshirish;
v) aholining mahalliy muammolardan xabardorlik daraja-sini oshirish.
Shuning uchun, birinchi navbatda bu muammolarni echish uchun yangi
ijtimoiy texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarur. Lekin,
muammolarni hal qilish texnologiyalari turli joylarda turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, tadqiqotlarga ko’ra ma’lum bir hudud aholisining qadriyatlari quyidagi
yo’nalishda bo’lishi mumkin:
bolalarni kelajagini ta’minlash, fuqarolik burchi «shahar muammolari -
mening muammolarim» ko’rinishida.
motivlarning
bunday
tarkibiy
tuzilishi
mahalliy
xalq
hayotini
farovonlashtirishda katta ahamiyatga ega;
aholi va mahalliy hokimiyat o’rtasidagi kommunikativ, faoliyatli va tashkiliy
motivlarning ta’sir doirasini kengay-tirish orqali ular o’rtasida o’zaro ishonch
o’yg’otish mumkin.
Bu asosida tug’ilish darajasini ko’paytirish, ishsizlik darajasini pasaytirish
kabi demografik resurslardan foyda-lanish mumkin.
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, resurslar strategik, boshqaruv va tahliliy
jihatdan jamiyat farovonligining asosi hisoblanadi. Undan foydalanishda mahalliy
xamjamiyatning maqsadlarini to’g’ri aniqlash, aholini qiziqishi, ular resurs-larni
aniq yo’nalishga yo’naltirish imkonini beradi. Xuddi shu tamoyillar asosida axoli
qiziqishlarini ijtimoiy - iqtisodiy qo’lab-quvvatlash (SEPIN) dasturi tashkil topgan.
U zamonaviy sharoitda mahalliy xamjamiyatni rivojlantirishda universal
texnologiya bo’lib hisoblanadi.
Qisqa xulosalar
Ijtimoiy resurslarning mohiyati va strukturasi. Hozirgi sharoitda ijtimoiy
resurslar axamiyatining ortishi. Ijtimoiy resurslarga bo’lgan talabning sustlik
sabablari. Ijtimoiy menejment vositalari orqali ijtimoiy resurslardan optimal
foydalanishning yo’llari. Aholi qiziqishlarini ijtimoiy - iqtisodiy qo’llab-
quvvatlash dasturi (SEPIN) - ijtimoiy resurslardan ratsional foydalanishning
zamonaviy universal texnologiyasi.