«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
Nazorat savollar: 
8
Zamonaviy sharoitda insonni faoliyat ko’rsatishi uchun yangicha 
motivatsiya qilish zaruriyatining asosiy sababi nima? 


114 
Aholining boshqaruv organlariga bo’lgan ishonchini qanday oshirish 
mumkin?
Mehnatga undashning yangi innovatsion usulini keltiring. 
 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Rag’bat. Depressiya. Ergonimika. Nizo. Ijtimoiy-ruhiy 
boshqaruv. 
 


115 
13-MAVZU. IJTIMOIY O’Z -O’ZINI BOSHQARISH 
 
REJA: 
 
13.1.”Shaxs” tushunchasi va uning ahamiyati 
13.2.Ijtimoiy menejer xususiyatlari 
13.3.Inson resurslarni boshqarishning yangi shakli 
 
13.1.”Shaxs” tushunchasi va uning ahamiyati 
 
«Shaxs» - bu o’z qobiliyatidan kelib chiqan xolda ma’lum bir ijtimoiy 
vazifani bajaruvchi inson. Shaxs vazifalarining turli xilligi, uning tuzilishini 
ifodalaydi. Jamiyatda shaxs boshqa individlar, ijtimoiy holat, shaxs va jamiyat 
o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, davlat turi bilan uzviy bog’liq. 
Shaxs bu nafaqat me’yor va qadriyatlarni o’ziga singdiruvchi ijtimoiy 
mahsulot, balki kerak paytda o’zining ijodiy va intellektual potentsialidan 
foydalanib jamiyatdagi qadriyat-larni shakllantiradigan ijtimoiy sub’ektdir. 
Insonning bir tomonlama obyektiv omillarga tayanib ish yuritishi bugungi kunda 
ham uning imkoniyatlarini to’la namoyon etish imkonini bermaydi. 
Odatda «shaxs» tushunchasi, «xarakter», «temperament», «individuallik» 
kabi jamiyatdagi salbiy muhitga chidamliligini shakllantiruvchi kategoriyalarni o’z 
ichiga olmaydi. Bugungi kundagi eng katta muammo bu shaxsning ijodiy 
potentsialini to’g’ri baholash va uni jamiyat rivoji uchun yoshligidan 
rivojlantirishdir. Bu XXI asrda vujudga kelayotgan global muammolarni 
echishning kafolatidir. Bu muammolar ijtimoiy menejment doirasida boshlanadi. 
Ijodiy qobiliyatga ega talantli insonlarning katta potentsiali butun jamiyat 
manfaati uchun xizmat qilishi kerak. Buning uchun insonlarda yangi falsafa va 
zamonaviy madaniyat shakllanishi kerak. Bu falsafaning asosi qobiliyat va talant 
har qanday sohada shubhasiz kadrlanishi kerakligidadir. Shuning uchun, bunday 
insonlarni qo’llab-quvvatlash umumjamiyat ishidir. Insonlarga mustaqil hayot 
boshlayotganda o’zini namoish etish uchun bir xil imkoniyat yaratib berish, turli 
kasb tanlash imkoniyatini yaratish kabilar zamonaviy jamiyatning asosiy 
mezonidir. Shunday holatda jamiyatdagi har bir inson o’z qobiliyatidan kelib 
chiqib o’z o’rnini egallaydi, ya’ni iqtidorliroq, talantli insonlarning jamiyatda lider 
bo’lish imkoni bo’ladi. 
«Kichik odam» falsafasi o’zini oqlamadi, u insoniyatni boshi berk ko’chaga 
olib kirib qo’ydi. Turli insonlar faoliyatlarni har xil darajada amalga oshiradilar. 
Har bir shaxs jamiyatda o’z o’rnini va o’z faoliyat doirasini tanlashi kerak. 
Inson o’z faoliyatini o’zi tanlaydi, jamiyat unga faqat imkoniyat yaratib beradi. 
Jamiyatda insonlarga tanlash imkoniyatining pastligi yoki umuman yo’qligi, 


116 
nafaqat kelajakka ega emas, balki har bir daqiqada jamiyatni izdan chiqarib 
yuborishi mumkin. 
Iqtidorli odamlar uchun maxsus litsey, kolledj, maxsus boshqaruv va ilmiy 
maktablar kerak. Bular jamiyatning barcha qatlamlari uchun bir xil imkoniyat 
berishi kerak. Aks holda jamiyat inqirozga uchrashish muqarar. 
10-15 yozuvchi «Gamlet» yoki «Faust»ni yangidan yaratishi mumkin. Lekin, 
muammoni echishning kollektiv yo’li tarixda ijobiy yakunlanmagan. Shuning 
uchun, har qanday sohada jumladan, boshqaruvda ham yuqoridagi muammolarni 
echishni qobiliyatli, ijodiy fantaziyaga ega insonlarga yuklash kerak. 
Zamonaviy jamiyatning rivojlanish sur’ati nafaqat «ijtimoiy birxillik», 
«ijtimoiy tenglik» kabi tushunchalarni, balki neomaltuz nazariyasidagi «joxillik 
chegaralarini» ham inkor etadi. 
Bugungi kunda odamlarning «tabiiy huquqi», ya’ni o’zini rivojlantirish va 
o’z imkoniyatlarini namoish etish huquqi dolzarb hisoblanadi. Har bir inson tabiiy 
imkoniyatlardan kelib chiqqan holda faoliyat ko’rsatadi. Biroq, jamiyatda, bu 
kuchlardan etarlicha foydalanilmayapti, aksincha, ular bostiril-moqda. Bu esa 
jamiyatni o’z ichidan emirilib, izdan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu 
muammo shubhasiz XXI asrning eng dolzarb muammolardan biriga aylanadi. 
Ishchi yoki mene-jerning ijodiy potentsialini yuzaga chiqarish bu nafaqat jamiyat 
muammosi, balki ko’p jihatdan menejerning shaxsiy muammosidir. 
Har qanday shaxs yoki jamiyatning rivojlanishining birinchi sharti bu o’z-
o’zini anglashdir. O’z-o’zini anglash ijtimoiy menejerning muvoffaqiyatli faoliyat 
ko’rsatishining garovidir. Shuning uchun ham, ijtimoiy menejmentda mene-jerning 
faoliyati, uning taqdirida katta ahamiyatga ega. 
Ilm talab texnologiyalarning shaxsning shakllanishidagi o’rnini ortib borishi 
o’z-o’zini anglash jarayonini optimal-lashtirish imkoniyatini beradi. Inson 
hayotining mazmunini quyidagi uch faktor tashkil etadi: 
Insonni dunyoga nima berishi; 
Insonni dunyodan nima olishi; 
Insonni jamiyatda tutgan o’rni. 
Bunga mos ravishda uch turdagi qadriyatlar ham yuzaga chiqadi: ijodiy 
qadriyatlar, his-tuyg’ular, o’zaro munosabatlar. 
Psixolog V.Frankl fikricha, «bu qadriyatlarning eng muhimi ijodiy 
qadriyatdir»
1
. Asrlar davomida insoniyat tomo-nidan ijodiy imkoniyatlarni 
rivojlantirishning mahsus texno-logiyalari ishlab chiqilgan. Bu texnolgiyalar 
boshqaruvga ham taluqlidir. Aynan shu sohada muvoffaqiyatga erishish uchun 
ijodiy qobiliyat zarurdir. Oxirgi yillarda ilm-fan tomonidan insonlarning ma’naviy 
sog’lig’iga katta e’tibor berilmoqda. 
Odamlarni o’z intellektual va boshqa imkoniyatlarni to’g’ri baholash, ularni 


117 
rivojlantirish texnologiyalari taklif qilin-moqda. Bu sohadagi adabiyotlarning 
ko’pchiligi talab darajasida emas, lekin jamiyatda bunday asarlar kerak. Chunki 
din barcha muammolarni xal qilmaydi, ayniqsa intellektual muammolarni. 
«Qobiliyatli insonga o’z imkoniyatlarini rivojlantirish texno-logiyalari emas, balki 
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik zarur»
1
. Bunday sharoitda har bir menejer 
mavjud usullardan foydalangan holda o’zida mavjud imkoniyatlarini rivojlantirib 
boradi. 
Ijtimoiy menejer uchun qanday xususiyatlar birinchi navbatta zarur? 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin