«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


 Tashkiliy munosabatlarga ta’sir etuvchi omil



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
10.2. Tashkiliy munosabatlarga ta’sir etuvchi omil 

Zamonaviy menejmentda tashkilotlar va tashkiliy munosabatlarning 


ahamiyati ortib borishiga ikki omil ta’sir ko’rsatmoqda: 
1 - XX asr ohirida vujudga kelgan fan va texnika taraqqiyoti ulkan 
imkoniyatlarga ega bo’lgan «EVM», «Glavkosmos», «Djeneral motors» kabi 
gigant korxonalarning tashkil etilishga sabab bo’ldi. Inson tashkilotlar bilan butun 
umri davomida bog’liq bo’lganligi sababli, ular odamlarning turmush darajasini 
belgilaydi. 
2 - tashkiliy munosabatlar tizimida ijtimoiy resurs ahamiyatining oshishi. 
XIX asr ohiri XX asr boshlaridan boshlab ijtimoiy resurs tashkiliy munosabatlarni 
boshqarishning asosi sifatida yuzaga chiqdi. 
Hozirgi zamonda tashkilot nafaqat ma’lum bir vazifani bajaruvchi xo’jalik 
sub’ekti, balki, odamlar va guruhlarni o’zaro ta’sir etish muhitiga aylandi. Turli 
ijtimoiy guruhlarni yaxlit faoliyat ko’rsatishini ta’minlash XX asrning eng katta 
muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal etishning rasmiy va norasmiy 
usullari mavjud. 
Norasmiy usul ko’p hollarda rasmiy usuldan ustunligini namoyon qilmoqda. 
Norasmiy usul birinchi bo’lib AQSh korxo-nalaridan birida Meyo boshchiligida 
o’tkazilgan tajribadan boshlangan. Bu tadqiqot natijasida Teylorning klassik 
nazariya-siga zid bo’lgan ko’pgina omillar muvoffaqiyatga erishishning asosi qilib 
belgilandi. 
Insonni tushunish, uning imkoniyatlariga to’g’ri baho berish umuman inson 
omiliga katta e’tibor berish menejment inqi-lobining asosi hisoblanadi. Shuning 
uchun fanda kuchli ijtimoiy tashkilot (rasmiy va norasmiy tuzilma bilan) qurish 
texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. 
Olimlar fikricha, eng maqbul tashkiliy tuzulma tarkibiga quyidagi omillar 
kiritilishi kerak: 
- tashkilot ijtimoiy maqsadlarini tadbiq qilish texno-logiyasi doimiy ravishda 
yangilanib turishi; 
- menejerlarni tashkilotdagi inson hulqi nazariyasi va amaliyoti, odamlarning 
ijod potentsialini yuzaga chiqarish yo’llari, o’z-o’zini boshqarish va muomala 
madaniyatiga o’rgatish. 
Nafaqat menejerlarni o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqish, balki iqtidorli 
odamlarni yoshligidan menejerlikka tayyorlash uchun bilimlarning mahsus 
ijtimoiy sohasi vujudga keladi. Menejerlarni tayyorlash turli davlatlarda turlicha 
amalga oshiriladi. Hozirgi paytda boshqaruv mustaqil va eng og’ir soha 
hisoblanadi. Zamonaviy menejerda ijodkorlik, strategik fikr yuritish, ko’pchilikni 


104 
birlashtirish va yangiliklarga intilish kabi xususiyatlar qadrlanadi.
Rivojlanayotgan kuchli raqobat muhitida samarali faoliyat olib boruvchi 
korxonalarni loyihalashtirish texnologiyalari va printsiplari menejerlar tomonidan 
ishlab chiqiladi. 
Bu quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
a) korxona strategiyasini ishlab chiqish texnologiyasi; 
b) ijtimoiy maqsadlarni yuzaga chiqarish va amalga oshirish. 
Tashkiliy strategiya muammolarni ma’muriy usul bilan emas, balki o’z ichki 
imkoniyatlaridan foydalangan holda hal qilishga qaratilgan bo’lishi kerak. 
Har bir yirik tashkilotda ijtimoiy muammolarni hal qilish, ichki nizolarni 
bartaraf qilish va personalni samarali boshqarish maxsus bo’limlar tashkil etilgan. 
Bundan tashqari, bu muammolarni hal etishda mahsus ilmiy-tadqiqot institutlari 
maslahatlaridan ham foydalaniladi. 
Qisqa xulosalar 
Tashkiliy munosabatlar mohiyati. «Rasmiy» va «norasmiy» tashkilotlar. 
Zamonaviy sharoitda «norasmiy» tashkilotlarning ahamiyati oshishi. Ijtimoiy 
tashkilotlar qurishning asosiy tamoyillari. Korporatizm - zamonaviy sharoitlarda 
ijtimoiy tashkilotlarni rivojlantirishning innovatsion usuli. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin