«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Nazorat savollar: 
Tashkiliy munosabatlarning mohiyati nima? 
Rasmiy va norasmiy tashkillashtirishning farqi nimadan iborat? 
Nima uchun tashkiliy munosabatlar ahamiyati kundan kunga oshib 
bormoqda? 
Ijtimoiy tashkilotlarni loyihalashtirish printsiplari nimalardan iborat? 
Zamonaviy tashkiliy munosabatlarda qaysi omillar ko’proq ahamiyat kasb 
etmoqda? 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Unumdorlik. Kommunikatsiya. Aloqa texnikasi. 
Mehnat motivi omillari. Inson omili
 
 


105 
11-MAVZU. IJTIMOIY RESURSLAR, ULARNI AMALGA 
OSHIRISH YO’LLARI 
 
REJA: 
 
11.1. Ijtimoiy resurs tushunchasi 
11.2.Ijtimoiy resurslarning xususiyatlari 
11.3.Motivatsion resurslarni aktivlashtirish
 
11.1. Ijtimoiy resurs tushunchasi 
«
Resurs» tushunchasi 2 xil ma’noga ega: 

kerak paytda ishlatiladigan zahiralar va vositalar; 

ma’lum
 
bir vositaning chegaralangan imkoniyatlari (masalan, 1sutkada 24 
soat zahira mavjud).
«Resurs» so’zi «zahira» so’zi bilan yaqin ma’noga ega bo’lib, ko’pchilik 
hollarda sinonim sifatida ishlatiladi. «Zahira» so’zi lotincha «reserve»dan olingan 
bo’lib, «saqlash» degan ma’noni bildiradi. Bu tushunchalarga yaqin bo’lgan 
tushunchalardan yana biri «potentsial», ya’ni lotincha «potentia» - kuch degan 
ma’noni bildiruvchi so’zdir. Bu tushuncha qo’llanilishi mumkin bo’lgan barcha 
imkoniyatlar yig’indisini bildiradi. 
Ijtimoiy resurs shaxslar, ijtimoiy tashkilotlar va umuman jamiyatning ijodiy 
kuch zahirasi bilan aniqlanadi. Insonlardagi bu energiya zahirasini ba’zi
 
olimlar 
yadro energiyasi bilan tenglashtirishadi. Hozirgi zamonning eng dolzarb 
muammolaridan biri, mana shu zahiralarni yuzaga chiqarishdir.
Ijtimoiy menejerlar ijtimoiy resurslarni boshqarish va ularning sifat va 
miqdorini o’lchash mexanizmlarini ishlab chiqishlari kerak. Shu maqsadda 
ijtimoiy resurslar quyidagi-larga bo’lingan: 
1) Motivatsion; 2) Intellektual; 3) Informatsion; 4) Kommu-nikativ; 5) 
Ijtimoiy-psixologik; 6) Bellashuvli; 7) Demografik; 8) Ijtimoiy-ekologik; 9) 
Faoliyatli; 10) Innovatsion; 11) Strate-gik; 12) Hodimlararo; 13) Tashkiliy; 14) 
Boshqaruv; 15) Ilmiy.

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin