Birinchi darajada - ishchi kollektivni ijtimoiy rivoj-lantirishni rejalashtirish.
Ikkinchi daraja - regionda ijtimoiy rejalashtirish.
Uchinchi daraja - professional
mehnat taqsimoti bilan bog’liq bo’lgan alohida jamiyat hayoti jarayonlarini
ijtimoiy rejalashtirish darajasi.
15.3.Ijtimoiy rejalashtirish Ijtimoiy rejalashtirishning ikki shakli mavjud: adresli rejalashtirish va egri
vositalar yordamida rejalashtirish.
Adresli rejalashtirishda ijtimoiy jarayonlarni rivoj-lantirishni tashkil qilish
uchun munosabatlarni normalashtirish, tashkilotlarga (aniq bir) masalalar
etkaziladi.
Egri vositalar orqali rejalashtirish tizimga ta’sir etuvchi ehtiyojlar,
imkoniyatlar va shartlarni atroflicha o’rganishni ko’zda tutadi.
Ijtimoiy rejalashtirishning turli xil metodlari aniqlangan balansli metod,
normativli, analitik, variantli, kompleksli, ijtimoiy eksperimental, iqtisodiy
matematik metodlar.
Dudchenko V.S. va Makarevich V.N. «ijtimoiy texnologiya» tushunchasini
inson faoliyati yoki uning fragmenti, inson faoliyatini jamiyat ahamiyatidagi
maqsadlarga erishish bo’yicha amalga oshirish sifatida tushuntirib berdilar
1
.
Ivanov V.N. o’zining «Zamonaviy sharoitda ijtimoiy texnologiyalar» kitobida
ijtimoiy texnologiya «ma’lum metodlar tizimi va ijtimoiy tizimlarning yashirin
potentsialidan foydalanishda ijtimoiy me’yorlar, uning taraqqiyot maqsad-larini
muvofiqlashtirish bilan ochib berilishi mumkin» deb gapiradi
2
.
Inson faoliyatiga ta’sir etishning turli xil usullari mavjud. Ijtimoiy injeneriya
bu maqsad uchun ijtimoiy texnologiyalarni qo’llaydi.
«Texnologiya» so’zining o’zi grekcha so’zdan kelib chiqqan va «san’at»,
«mohirlik»ni anglatadi. Aniq bir faoliyatni doimiy ravishda qaytarishlik natijasida
inson har bir xarakatni maksimal optimizatsiyaga etkazadi. Ana shuning o’zi
xarakat algoritmiga aylanadi, ya’ni biror bir natijaga erishish uchun ijtimoiy
texnologiyalarga aylantiradi.
Patrushiev V.I. ishlarida ijtimoiy texnologiyalar strukturasi sinflar va turlari
bo’yicha keng yoritilib berilgan.
Patrushev V.I. ishlarida ijtimoiy texnologiyalar struk-turalizatsiyasi etarlicha
to’liq tadbiq etilgan
3
. U barcha turli xillilikni ularni sinflar va turlar bo’yicha
tarkibiy qismlarga ajratadi: